TOP-5: Dunyo bozorida qaysi aqlli soatlar eng ko‘p sotilyapti? (2021 yil 1-chorak)

  •   DiMaX
  •  1126
  •  27.05.2021 12:57

TOP-5: Dunyo bozorida qaysi aqlli soatlar eng ko‘p sotilyapti? (2021 yil 1-chorak)

Counterpoint Research tahlilchilari joriy yilning birinchi kvartali holatiga ko‘ra smartvotchlar bozorini o‘rganib, natijalarini e’lon qilishdi. Hisobotga ko‘ra, mazkur muddatda jahon bo‘yicha sotilgan aqlli soatlar soni 2020 yilning shu davriga nisbatan 35 foizga oshgan.

O‘QING: Avtonomligi 14 kunga boruvchi, GPS chipli va IP68 himoyali Realme Watch 2 Pro chiqdi (video)

Dunyo bo‘yicha eng ko‘p sotilgan smart-soat brendlari va ulardan har birining ushbu bozordagi ulushi esa quyidagicha:

  1. Apple (33,5%)
  2. Huawei (8,4%)
  3. Samsung (8%)
  4. BBK (5,1%)
  5. Fitbit (4,2%)

Aytish kerakki, o‘tgan yilning ilk choragida ham ayni shu brendlar xuddi shu tartibda yetakchilik qilayotgan edi.

O‘QING: Yangi smart-soat qon bosimini ham, qondagi shakar va alkogol miqdorini ham ayta oladi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!