TOP-5: Pristavkalar va kompyuterlar uchun 2019 yilning eng zo‘r o‘yinlari

  •   DiMaX
  •  1264
  •  06.01.2020 10:55

TOP-5: Pristavkalar va kompyuterlar uchun 2019 yilning eng zo‘r o‘yinlari

Oxirgi o‘n yillikning eng yaxshi o‘yinlarini Metacritic agregatori ikkita reytingda aks ettirgani haqida yozgandik. Keyinroq esa uning ma’lumotlari asosida 2019 yilning eng yomon o‘yinlari antireytingini ham e’lon qilgan edik.

O‘QING: O‘zbekistonlik 5 muvaffaqiyatli kibersportchi

Metacritic endi barcha platformalar bo‘yicha 2019 yilning eng yuqori baholangan o‘yinlari beshtaligini e’lon qildi. Bu galgi reytingga bitta personal kompyuterlarga mo‘ljallangan, ikkita Xbox One’ga mo‘ljallangan, bitta PS4 uchun ishlab chiqilgan hamda bitta Nintendo Switch’da o‘ynaladigan o‘yin kirgan.

Mana, eng yuqori baholangan o‘yinlar va ular to‘plagan ballar ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish olgan:

  1. Divinity: Original Sin 2 (Switch) – 93 ball
  2. Red Dead Redemption 2 (PK) – 93 ball
  3. Resident Evil 2 (Xbox One) – 93 ball
  4. Sekiro: Shadows Die Twice (Xbox One) – 91 ball
  5. Final Fantasy XIV: Shadowbringers (PS4) – 91 ball

Shuni ham ta’kidlash o‘rinliki, bu beshtalikdan faqat bittasi – Sekiro: Shadows Die Twice original o‘yin hisoblanadi. Qolgan to‘rttasi esa oldin chiqqan o‘yinlarning davomi, remeyki yoki qo‘shimchasidir.

O‘QING: 2019 yili eng ko‘p sotilgan va eng ommalashgan o‘yinlar (Valve talqini)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.