TOP-5: Rossiyada 2020 yili eng ommalashgan smartfonsozlar va modellar

  •   DiMaX
  •  2278
  •  23.12.2020 11:47

TOP-5: Rossiyada 2020 yili eng ommalashgan smartfonsozlar va modellar

Kuni kecha biz dunyo bo‘yicha eng ko‘p sotilgan 5G-smartfonlar reytingini e’lon qilgan edik. «M.Video-Eldorado» kompaniyasi esa joriy yilda Rossiyadagi smartfon bozorining o‘sishini tahlil qilib chiqdi.

O‘QING: Roskachestvo reytingi: eng zo‘r smartfon – bulturgi flagman, eng qimmati esa atigi 4-o‘rinda!

Hisobotga ko‘ra, Rossiya bozorida to‘qqiz yildan buyon Samsung brendi yetakchi bo‘lib kelayotir. Kuchli beshtalikka yana tegishlicha Honor, Xiaomi, Apple va Huawei brendlari kirgan.

Shunday qilib, 2020 yili Rossiyada eng xaridorgir bo‘lgan smartfonlar beshtaligi quyidagicha:

  1. Samsung Galaxy A51 (64 GB);
  2. Samsung Galaxy A10;
  3. Samsung Galaxy A01;
  4. Apple iPhone 11 (128 GB);
  5. Samsung Galaxy A51 (128 GB).

Umuman mamlakatda ham, «M.Video-Eldorado» tarmoqlarida ham eng ko‘p sotilgan smartfon esa Samsung Galaxy A51 (64 GB ichki xotirali varianti) ekan. Aytish kerakki, 2019 yili yetakchilik aynan o‘rta narx toifasidagi modelga tegishli edi – Samsung Galaxy A50 (64 GB) telefoni.

O‘QING: Qiyos: Galaxy A51 vs Galaxy A50

Nechta sotilgani emas, balki savdosidan tushgan pul hajmiga ko‘ra top-beshtalik esa quyidagi ko‘rinishga ega:

  1. Apple iPhone 11 (128 GB);
  2. Apple iPhone 11 (64 GB);
  3. Samsung Galaxy A51 (64 GB);
  4. Apple iPhone XR (64 GB);
  5. Samsung Galaxy A51 (128 GB).

2020 yilning o‘tgan 11,5 oylik davrida Rossiyada smartfonlar savdosi dona hisobida 4 foizga, pul miqdori hisobida esa 15 foizga o‘sgan. «M.Video-Eldorado» tarmoqlarida esa mazkur ko‘rsatkichlar yanada yuqori – tegishlicha 22% va 30% ga teng.

O‘QING: TOP-15: Rekord darajada tez quvvatlanuvchi smartfonlar

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!