TOP-5: The Guardian nazdida 2019 yilgi eng zo‘r smartfonlar

  •   DiMaX
  •  2914
  •  19.12.2019 16:58

TOP-5: The Guardian nazdida 2019 yilgi eng zo‘r smartfonlar

Kuni kecha IGN versiyasiga ko‘ra oxirgi 12 oyda taqdim etilgan eng yaxshi smartfonlarni e’lon qilgan edik. Endi esa nufuzli The Guardian nashri ham yakunlanayotgan yildagi eng yaxshi smartfonlarni saralabdi.

O‘QING: Ikkita narx toifasidagi eng kuchli smartfonlar (AnTuTu reytingi, 2019 yil noyabr)

The Guardian oxiriga yetayotgan yildagi muayyan toifalar bo‘yicha eng yaxshi smartfonlarni ta’kidlab ko‘rsatgan. Uning reytingini faqat flagman modellar orasidan biror xususiyatiga ko‘ra tanlamoqchi bo‘lganlar uchun o‘ziga xos yo‘riqnoma, deyish ham mumkin.

  1. OnePlus 7T Pro – eng zo‘r smartfon;
  2. iPhone 11 Pro – eng yaxshi ayfon;
  3. Samsung Galaxy S10 – eng zo‘r ixcham Android-smartfon;
  4. Huawei P30 Pro – eng a’lo kamerofon;
  5. OnePlus 7T – narxi va xususiyatlari eng mos telefon.

Asosiy «nominatsiya»lar g‘oliblaridan tashqari, The Guardian yana quyidagi modellar ham yaxshi ekanini ta’kidlab o‘tgan:

  1. iPhone 11;
  2. iPhone 11 Pro Max;
  3. Samsung Galaxy S10e;
  4. Samsung Galaxy S10+;
  5. Samsung Galaxy Note10+;
  6. Samsung Galaxy S10 5G;
  7. Huawei Mate 30 Pro;
  8. Google Pixel 4 XL.

Tabiiyki, bu – The Guardian nashrining nuqtai nazari; boshqalarning fikri bundan farqlanishi mumkin. Masalan, DxOMark servisi 2019 yilning eng zo‘r kamerofonlari hamda eng yaxshi selfifonlari reytinglarini chiqargan.

O‘QING: Eng tezkor sakkizta yangi smartfon (Master Lu reytingi, 2019 yil dekabr)