TOP-50: Eng innovatsion kompaniyalar reytingi bilan tanishamiz

  •   DiMaX
  •  1962
  •  25.06.2020 17:33

TOP-50: Eng innovatsion kompaniyalar reytingi bilan tanishamiz

Amerikaning Boston Consulting Group konsalting kompaniyasi jahondagi eng innovatsion kompaniyalar ro‘yxatini e’lon qildi. Unda hammadan ham Huawei ko‘rsatkichlari qiziq...

O‘QING: Huawei tarixda ilk bor Samsung’ni quvib o‘tib, 1-raqamli smartfonsozga aylandi!

Ushbu reyting yetakchisi – o‘tgan galgidan ko‘ra ikki pog‘ona yuqorilagan Apple korporatsiyasi bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni Google’ga egalik qiluvchi Alphabet band etgan bo‘lsa, kuchli uchlikni Amazon yakunlab bergan.

Eng innovatsion kompaniyalar reytingida kuchli o‘ntalikka yana Microsoft, Samsung, Huawei, Alibaba, IBM, Sony hamda Facebook kirgan.

Qizig‘i shundaki, o‘tgan galgi reytingda 48-o‘rinni egallab turgan Huawei naq 42 pog‘ona yuqorilab, bu gal TOP-o‘ntalikka kirgan!

Xabaringiz borki, xitoylik texnogigant anchadan beri AQSh sanksiyalari sababli ko‘pgina kompaniyalar bilan hamkorlik qila olmayapti. Huawei va Honor smartfonlari Google servislaridan va Play Market ilovalar do‘konidan mahrum etilgan. Shunga qaramasdan, u yuksalishda davom etmoqda va, xususan, mazkur reytingdagi ulkan «sakrash»i tahsinga sazovor.

O‘QING: Samsung smartfonlarga chegirma e’lon qilayotib, Huawei’ni masxaraladi