Top-7: O‘zbekistonda yaxshi sotilayotgan Xiaomi smartfonlari va narx-navosi

Top-7: O‘zbekistonda yaxshi sotilayotgan Xiaomi smartfonlari va narx-navosi

Xiaomi tobora jahon smartfon bozorida ko‘p va xo‘p sotilmoqda. Omadini bersin, kompaniya ham tinim bilayotgani yo‘q. Raqobat kuchli bu zamonda bozorni egallash oson emas. Emishki, Xiaomi mahsuloti arzon va sifatli. Bu iddaoni inkor etib bo‘lmay qoldi. Gap shundaki, u raqobatchilarinikidan ko‘ra eng arzon devayslarni taqdim qilmoqda.

Quyida brendning butun jahonda va yurtimizda yaxshi sotilayotgan 7 smartfon modelini saralab ko‘rishga harakat qildik. O‘ziga xos jihati shundaki, bunda saytimizdan eng ko‘p izlangan modellarga e’tibor qaratdik.

Shunday qilib, ilk ommabop "syaomini" e’lon qilamiz: 5 dyuymli hamyonbop Xiaomi Redmi 4X modeli! Bu smartfon uzoqqa yetadigan akkumulyator quvvati, ixcham o‘lchami, metall korpusi va puliga munosib kuchli texnik jihatlari bilan barchaning diqqatini o‘ziga tortgan. Bu mobil aloqa vositasi "Malika"da 1 049 600 so‘mdan boshlab sotilmoqda.

Undan keyingi, ikkinchi o‘rinda Redmi 4A modeli turibdi. Bu model juda arzon, shu bilan birga plastik korpusi bilan ajralib turadi. Uning platformasi ham bir oz "nimjon"roq. Narxi esa, ancha-muncha arzon. Bu mobil aloqa vositasi "Malika"da 943 000 so‘mdan boshlab sotilmoqda.

Uchinchi o‘rinni Xiaomi Redmi Note 4X modeli egallab turibdi. Bu model puliga nisbatan kuchli platforma tizimi, 5,5 dyuymli yirik ekrani bilan o‘ziga xosdir. Bu mobil aloqa vositasi "Malika"da 1 238 200 so‘mdan boshlab sotilmoqda.

To‘rtinchi o‘rinda yaqindagina taqdim qilingan va sotuvga chiqarilgan Xiaomi Mi A1 band qilib turibdi. Uning asosiy jihati esa toza android ekani, ya’ni ishlab chiqaruvchining MIUI proshivkasiga ega bo‘lmaganidir. Bu mobil aloqa vositasi "Malika"da 2 091 000 so‘mdan boshlab sotilmoqda.

Beshinchi o‘ringa Xiaomi Redmi Note 5A munosib ko‘rilibdi. Uning bahosi ham nisbatan hamyonbop va 5,5 dyuymli ekrani foydalanuvchiga ma’qul bo‘ladi. Shu bilan birga, bu modelning texnik jihatlari ham yomon emas. Harqalay, puliga nisbatan shunday. Redmi 4A'dan farqli ravishda, Redmi Note 5A korpusi to‘liq metalldan ishlangan hamda old panel Corning Gorilla Glass himoya shishasi bilan qoplangan. Redmi Note 5A'ning yuqori talqinidagina barmoq izlari skaneri joriy qilingan.

Bu mobil aloqa vositasi "Malika"da 1 066 000 so‘mdan boshlab sotilmoqda. 100 dollarlik smartfonlar orasida Xiaomi Redmi Note 5a kabi suratkashni devaysni topish imkonsiz.

Oltinchi o‘rin, haqiqiy kinotetar deb nom olgan Xiaomi Mi Max 2 modeliga nasib qilibdi. Uning bosh jihati qatorida 6,44 dyuymli, yuqori sifatli displeyini keltirish mumkin. Bu telefonni 2 qo‘lda ushlash kerak bo‘ladi. Shu bilan birga, unda tasvir tomosha qilish, internetda sayr qilish hamda ilovalardan foydalanish juda qulay. Bu mobil aloqa vositasi "Malika"da 2 091 000 so‘mdan boshlab sotilmoqda.

So‘nggi, ya’ni 7-o‘rinni bu yilning eng ilg‘or gadjetlaridan biri bo‘lgan Xiaomi Mi 6'ga berishga qaror qildik. Uning eng so‘nggi texnologik jihatlar bilan "qurollantirilgani" diqqatga sazovor. Mi 6 kaft uchun yaratilgandek — 5.15 dyuymli ekranga ega. Xiaomi flagmanining eng katta o‘ziga xosligi — unda yangi va kuchli Qualcomm Snapdragon 835 platformasidan foydalanilgani bo‘ldi.

Flagmanda X16 LTE mobil aloqa modemi o‘rnatilgan bo‘lib, uning yordamida sekundiga 1 Gbit.gacha ma’lumotni yuklash mumkin. Xiaomi Mi 6 gadjetidagi Adreno 540 yordamchi grafik-tasvir protsessorining ishlash samaradorligi 25% yuqori va quvvatni 45% kamroq iste’mol qiladi.

Narx-navosi esa juda arzon. Bu mobil aloqa vositasi "Malika"da 3 772 000 so‘mdan boshlab sotilmoqda.

Natijalar kutilmagan, desak xato bo‘ladi. Yurtdoshlarimiz imkon qadar arzon va kamtarin smartfonlarni ma’qul ko‘rmoqdalar. Xiaomi qimmatbaho telefonlar ishlab chiqarish hadisini ham olgan. Biroq, bizning bozorda Redmi hamda Redmi Note turkumlariga qiziqish yuqori ekan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.