TOP-7: Telegram’ning siz bilmagan sirlari

  •   DiMaX
  •  15198
  •  14.04.2020 18:46

TOP-7: Telegram’ning siz bilmagan sirlari

O‘zbekistonda ommalashgan Telegram messenjerining foydali funksiyalari ko‘p, lekin ularning aksariyatidan foydalanmaymiz. Bugun uning ko‘pchilik bilmaydigan ayrim imkoniyatlariga to‘xtalib o‘tmoqchimiz.

O‘QING: Koronavirusga qarshi kurashda Telegram yordam beradi!

  1. Audioxabarni eshitishning qulay usuli

Tasavvur qiling, siz avtobusda yoki taksida ketyapsiz va Telegram’da do‘stingizdan audioxabar keldi, yoningizda esa quloqchin yo‘q. Siz tovushni eng minimal qilib, katta dinamikni (musiqa dinamigini) qulog‘ingizga tutasiz. Lekin buning juda oddiy usuli bor: shunchaki telefonda gaplashayotgandek smartfoningizning so‘zlashuv dinamigini qulog‘ingizga tuting va ovoz kichkina dinamikdan keladi. Eshitilishi ham yaxshi, ham boshqalar eshitmaydi.

  1. Telefon raqamini butunlay yashirish

Telegram maxfiyligini yanada oshirgan – endi hattoki sizning raqamingizni kimdir bilsa-da, o‘zingiz uni kontaktlar ro‘yxatiga qo‘shmaguningizcha, u sizni nomeringiz orqali topa olmaydi. Qisqacha qilib aytganda, siz o‘z raqamingizni barchadan yashirishingiz mumkin. Buning uchun: «Nastroyki» – «Konfidensialnost» – «Nomer telefona» – «Nikto» qilib qo‘ysangiz bas.

 

O‘QING: Telegram'da qanday qilib Amerika raqami bilan akkaunt ochish mumkin?

  1. Xabarni yashirincha o‘qish

Bilasiz, Telegram’da ikkita galochka xabarni o‘qilganligini anglatadi. Agar siz xabarni yashirincha o‘qimoqchi bo‘lsangiz, chatlar ro‘yxatida suhbatdoshning avatariga bosib turing. Kelgan so‘nggi xabarlarni bildirmasdan o‘qishingiz mumkin.

  1. Telegram Desktop’ning foydali tugmachalar kombinatsiyasi

Kompyuterdagi Telegram Desktop dasturida matn terayotib, uning belgilab olingan qismini turli formatlarga solish mumkin:

«CTRL+B» – qalin matn;

«CTRL+I» – kursiv matn;

«CTRL+SHIFT+M» – mono (kod);

«CTRL+K» – so‘zga havola qo‘yish;

«CTRL+U» – pastki chiziqli matn;

«CTRL+SHIFT+X» – ustidan chizilgan matn;

«CTRL+SHIFT+N» – o‘z holatiga keltirish (oddiy matn).

  1. Avtomatik o‘chib ketadigan rasmlar yuborish

Telegram’da avtomatik o‘chib ketadigan rasm yuborish mumkin. Buning uchun kerakli rasmni tanlab, soat belgisini bosing:

O‘QING: Telegram-profilga QR-kod orqali tezkor kirish (+video)

  1. Suhbatdoshni bezovta qilmang

Agar xabarni kechasi yuborish kerak bo‘lsa yoki suhbatdoshingiz band bo‘lishi mumkinligini inobatga olsangiz, xabarni tovushsiz yuborish mumkin. Bunda xabar suhbatdoshga yetib borganda signal chalinmaydi. Tovushsiz yuborish uchun xabar jo‘natish tugmasini bosib turing va «Otpravit bez zvuka»ni tanlang. Desktop uchun sichqonchaning o‘ng tugmasi bosib tanlanadi:

  1. Yangi versiyalarni birinchilardan bo‘lib yuklab olish

Agar Telegram Desktop’da beta-versiyalar yuklanishini xohlasangiz, quyidagi yo‘l bo‘yicha: «Nastroyki» – «Prodvinutie nastroyki» – «Ustanavlivat beta-versii» sozlamasini faollashtiring. Beta – yangi versiyalarni birinchilardan bo‘lib yuklab sinash uchun yaratilgan funksiya. Agar sinovdan o‘tsa, reliz versiyada ham chiqariladi, faqat kechroq.

Maqola «The Ficha.uz» (@fichauz) texnoblogi tomonidan Terabayt.uz uchun maxsus tayyorlandi.

O‘QING: Telegram-kanalingizga «Tasdiqlangan» belgisini qanday olish mumkin?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.