To‘qqiz asrlik «shumerlar uyali telefoni»ning siri fosh bo‘ldi!

  •   DiMaX
  •  2967
  •  09.09.2019 14:00

To‘qqiz asrlik «shumerlar uyali telefoni»ning siri fosh bo‘ldi!

Yaqinda Avstriyada antiqa artefakt – sopoldan yasalgan mobil telefon nusxasi topilganligi haqida mish-mish tarqalgan edi. Uning tugmachalari va displeyida hatto qadimiy Bobil (Vavilon) xalqi – shumerlar yozuviga mansub belgilar ham tushirilgan edi.

O‘QING: Yangi texnologiya qadimiy piramida ostidan «narigi dunyoga yo‘l» topdi!

Endi esa shu masalaga oydinlik kiritildi: aniqlanishicha, o‘sha suratdagi sopol mobil telefon chindan ham mavjud ekan! Biroq mazkur artefakt mish-mishlarda aytilganidek shumerlar madaniyatiga tegishli ham, unchalik qadimiy ham emasligi oydinlashdi.

Ma’lum bo‘lishicha, shumerlar yozuviga o‘xshash belgilar tushirilgan sopol uyali telefonni nemis haykaltaroshlari – Karina va Karl Veyngartner (Karin and Karl Weingärtner) yasashgan ekan. Ular buni shunchaki, «agar qadimiy shumerlarda uyali telefon bo‘lsa, u mana shunday ko‘rinishga ega bo‘lardi» deya hazil tariqasida tayyorlashgan.

Demak, suratdagi telefon – chindan ham art-ob’yekt, ammo qadimiy emas, balki zamonaviy san’at namunasi bo‘lib chiqdi. Yaxshisi, haqiqiy va zamonaviy telefonlarni atigi 299 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olgan ma’qul.

O‘QING: Eng zo‘r Android smartfonlari ro‘yxati bilan tanishing (2019 yil, kuz)