To‘qqiz xil POCO smartfonlari uchun global MIUI 12.5 testi boshlanyapti (qo‘shilish uchun havola)

  •   DiMaX
  •  619
  •  03.05.2021 13:39

To‘qqiz xil POCO smartfonlari uchun global MIUI 12.5 testi boshlanyapti (qo‘shilish uchun havola)

Yaqindagina MIUI 12.5 talqinidagi grafik qobiq asosidagi yangi proshivkalar Xiaomi hamda Redmi brendlarining 28 rusumdagi smartfonlariga muddatidan ilgari tarqatila boshlagan edi. Xabarlarga ko‘ra, to‘rtta modeldagi mobil qurilma uchun bu so‘nggi yangilanish bo‘ladi.

O‘QING: Ushbu 22 xil Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlariga MIUI 12.5 proshivkasini hoziroq o‘rnatishingiz mumkin!

Xiaomi endi POCO brendi ostidagi ayrim smartfonlari uchun MIUI 12.5 Global grafik qobig‘i asosidagi proshivkalarning beta-sinovini e’lon qildi. Unda quyidagi rusumlarga mansub telefonlar egalari ishtirok etishlari mumkin:

  1. POCO F3 (MI, RU, ID, EEA)
  2. POCO X3 PRO (Global, IN, EEA, RU, ID)
  3. POCO X3/NFC (Global, RU, IN, EEA, ID)
  4. POCO F2 PRO (Global, RU, ID, EEA)
  5. POCO X2 (N)
  6. POCO M3 (Global, RU, ID, EEA, IN)
  7. POCO M2 PRO (IN)
  8. POCO M2 (IN)
  9. POCO C3 (IN)

Yangi grafik qobiqning global talqini asosidagi proshivkalarning sinov dasturida qatnashish uchun shu smartfonlar egalari mana bu havola orqali o‘tib, ariza to‘ldirishlari lozim. Faqat xohlovchilar shoshilganlari ma’qul – sinovchilar uchun joylar cheklangan.

MIUI 12.5 keyinroq tarqatiladigan jami 80 xildagi smartfon ro‘yxati bilan mana bu xabarimizda tanishish mumkin. Xiaomi, Redmi, Poco va Black Shark smartfonlarining global proshivka, global versiya va xitoycha versiyalari, ularning o‘zaro farqi haqida esa ushbu maqolamizdan batafsil ma’lumot olasiz.

O‘QING: Uch yillik Xiaomi smartfonlari egalariga xushxabar bor!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!