Torchlight II o‘yinini 23 iyulgacha olib qo‘yib, keyin istagancha bepul o‘ynang! (+video)

  •   DiMaX
  •  549
  •  18.07.2020 10:49

Torchlight II o‘yinini 23 iyulgacha olib qo‘yib, keyin istagancha bepul o‘ynang! (+video)

Koronavirus pandemiyasi paytida kishilar zaruratsiz uydan chiqmasligiga hissa qo‘shish maqsadida o‘yinlarni bepul tarqatish an’anasi davom etmoqda. Epic Games do‘koni ham yana bir o‘yinni tekinga olib qo‘yish imkonini taqdim qildi.

O‘QING: Epic Games Store tekinga tarqatgan o‘yinlarning asl narxini bilasizmi?

Epic Games Store raqamli distributsiyasi do‘konidan Torchlight II nomli o‘yinni 23 iyulgacha bepul olib qo‘yish mumkin. Bu – Action/RPG janridagi sarguzasht o‘yin bo‘lib, uning voqealari Torchlight nomli birinchi qism syujetini davom ettiradi.

Torchlight II o‘yinini mana bu havola orqali Epic Games Store do‘konidan yoki servisning rasmiy kliyenti vositasida yuklab olish mumkin. Uning tekin tarqatilishi 23 iyul kuni soat 20:00 da to‘xtatiladi. O‘yinni shungacha olib ulgursangiz, keyin ham bemalol o‘ynayverasiz.

O‘QING: 72 yoshli bu boboy nega o‘z velosipediga 64 ta smartfon o‘rnatib olgan?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!