To‘rt nanometrlik jarayon asosida yaratilgan dunyodagi ilk chipset namoyish etildi

To‘rt nanometrlik jarayon asosida yaratilgan dunyodagi ilk chipset namoyish etildi

MediaTek kompaniya o‘zining flagman darajadagi Dimensity 9000 chipini taqdim etdi. Dimensity 9000 to‘rt nanometrlik jarayon asosida yaratilgan dunyodagi ilk chipset bo‘ldi. Chip endi yuqori unumdorlik bilan bir qatorda quvvat samaradorligini ham taklif etadi. 

Chip 1+3+4 tuzilmasida ishlab chiqarilgan bo‘lib, u bitta Cortex-X2 yadrosi, uchta 2.85 gigagertsli Cortex-A710 yadrosi hamda to‘rta 1.8 gigagertsli Cortex A510 yadrosidan tashkil topgan. 

Chipset LPDDR5x operativ xotiracini qo‘llab-quvvatlaydi.  Shuningdek, chip 14MB keshga ega bo‘lib, u 8MB keshga nisbatan unumdorlikni 7% ga oshiradi. 

Dastlabki GeekBench ko‘rsatkichlarida Dimensity 9000 chipi Snapdragon 888 ortda qoldirdi. Yangi chipning qayd etgan natijasi Apple A15 Bionic qayd etgan natijasi bilan deyarli bir xil. Grafika uchun yangi o‘n yadroli Mali-G710 garfik protsessori javob beradi. 

Dimensity 9000 chipi Bluetooth 5.3, Wi-Fi 6E 2x2 simsiz bog‘lanish tarmoqlari hamda True Wireless Stereo Audio va Beidou III-B1C GNSS standartini qo‘llab quvvatlaydi.  

Chipining surat signal protsessori nazariy jihatdan bir vaqtda uchta kamerada HDR 4K formatdagi videolarni yozib olishi mumkin. Chip 18 bitli 4K HDR videoni taqdim etishi uchun sekundiga 270 kadrni qayta ishlashi mumkin. Surat signal protsessori shuningdek, 320 megapikselgacha bo‘lgan kamera sensorlarini ham qo‘llab-quvvatlaydi.

O‘QING: Qualcomm flagman chipining nomini o‘zgartirdi