To‘rt xil Redmi Note 10 hamyonbop kamerofoni taqdimot kuni bilan do‘konga chiqdi!

  •   DiMaX
  •  1554
  •  15.02.2021 10:48

To‘rt xil Redmi Note 10 hamyonbop kamerofoni taqdimot kuni bilan do‘konga chiqdi!

Xiaomi India boshqaruvchi direktori hamda global vitse-prezident Manu Kumar Jayn (Manu Kumar Jain) o‘tgan haftada Redmi Note 10 turkumidagi smartfonlarning rasmiy videotizerini tarqatgan edi. Reklamada ularning kamerasiga ahamiyat berilayotgani ta’kidlangan.

O‘QING: Skrinshotlar Redmi K40 hamda Redmi K40 Pro’ning asosiy jihatlarini fosh etdi

O‘shanda taxmin qilingan taqdimot sanasi endi aniq bo‘ldi – yangi avlod Redmi fabletlari chindan ham 10 mart kuni namoyish qilinar ekan. Amazon savdo maydonchasining Hindistondagi saytida Redmi Note 10 turkumi paydo bo‘lgan va ularni shu sanadan sotib olish mumkin bo‘lishi ko‘rsatilgan:

Ko‘rib turganingizdek, yangi seriyada birdaniga to‘rtta modelda smartfon chiqishi ham aniq bo‘lgan:

  1. Redmi Note 10 5G
  2. Redmi Note 10 4G
  3. Redmi Note 10 Pro 5G
  4. Redmi Note 10 Pro 4G

Hindiston bozoridagi asosiy raqobatchi – Realme kuchayib borayotgani sababli, Xiaomi yangi avlod kamerofonlarini «tajovuzkor» narxlarda chiqarishi ma’lum bo‘lgan. Ularning 5G tarmog‘ini qo‘llamaydigan versiyalari yanada arzon bo‘lishiga shubha yo‘q.

O‘QING: MIUI 12.5 global proshivkasi qaysi Xiaomi va Redmi smartfoniga qachon keladi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.