To‘rt yil avvalgi smartfon barcha iPhone va iPad’lardan ustun keldi! (AnTuTu reytingi, 2020 yil may)

  •   DiMaX
  •  1390
  •  03.06.2020 14:24

To‘rt yil avvalgi smartfon barcha iPhone va iPad’lardan ustun keldi! (AnTuTu reytingi, 2020 yil may)

AnTuTu benchmarki turli qurilmalardan egalarining rozilik, qoniqqanlik darajasi bo‘yicha ham reytinglar e’lon qilib keladi. Ularning navbatdagisi Apple smartfonlari va planshetlariga bag‘ishlangan.

O‘QING: Narkobaronning akasi Apple’ni sudga berib, o‘zi atigi 499 dollardan tilla iPhone 11 Pro sotyapti!

May oyida iPhone hamda iPad egalarining ijobiy taqrizlariga asoslangan reyting kutilmagan natijalarni aks ettirdi. Unga ko‘ra, 2016 yili taqdim etilgan original iPhone SE bu kompaniyaning eng qoniqarli mobil qurilmasi ekan! Mazkur ixcham ayfon egalarining 97,86 foizi o‘z smartfonidan rozi.

Ro‘yxatning ikkinchi pog‘onasidan 97,47 foizlik qoniqish bilan 10,5 dyuymlik iPad Pro 2 plansheti o‘rin olgan. Kuchli uchlikni besh yil oldingi iPhone 6S Plus smartfoni 97,22 foizlik natija bilan yakunlab bergan.

Guvohi bo‘layotganingizdek, keyingi o‘rinlarni tegishlicha iPad Air 2 (97,09%), iPhone 6s (96,79%), iPhone 7 (95,8%), iPhone 7 Plus (93,75%), iPhone 8 (93,36%), iPad mini 5 (91,59%) hamda iPad 6 (90,97%) modellari egallagan.

Darvoqe, iPhone SE 2020 (iPhone SE 2 yoki iPhone 9) modelidan olgan xaridorlar unchalik ham mamnun emaslar – mazkur smartfon 85,98 foizlik ko‘rsatkich bilan zo‘rg‘a 20-o‘rindan joy olgan.

O‘QING: Apple’ning ziqnaligi avjiga chiqdi: u iPhone qadog‘idan muhim aksessuarni olib tashlayapti!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!