To‘rt yillik Galaxy smartfoniga dastur yangilanishi kelmoqda

To‘rt yillik Galaxy smartfoniga dastur yangilanishi kelmoqda

Xabaringiz bor Samsung yangi flagman smartfonlarini endi to‘rt yillik Android tizim yangilanishi hamda besh yillik xavfsizlik patchi yangilanishlari bilan ta’minlaydi. 

Boshqa kompaniyalar bilan taqqoslaganda Samsung o‘z smartfonlarini uzoqroq muddatli dastur yangilanishi bilan ta’minlamoqda. 

SamMobile bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Samsung to‘rt yillik Galaxy S9 va S9+ modellariga mart oyi xavfsizlik patchini jo‘natmoqda. 

2018 yilda smartfonlar taqdim etilgan vaqt kompaniya ularni to‘rt yillik xavfsizlik patch yangilanishi bilan ta’minlashini aytmagan edi. 

Proshivka versiya raqami G96xFXXUHFVB4 bo‘lib, u 50 dan ortiq xavfsizlik zaifliklarini tuzatadi. Yangilanish hozirda Germaniyadagi foydalanuvchilarga jo‘natilmoqda. Tez orada boshqa hududlardagi foydalanuvchilar ham proshivkani qabul qilib oladilar. 

Galaxy S9 smartfonlari xavfsizlik patchi boshqa qurilmalarga qaraganda ertaroq qabul qilib olmoqda. 

Albatta, Samsung o‘z smartfonlarini uzoq yillik dasturiy ta’minot yangilanishlari bilan ta’minlayotgani juda quvonarli holat. 

O‘QING: Samsung o‘zining Galaxy Watch5 smart-sotlariga yangi funksiya qo‘shmoqchi 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.