To‘rtta bosh kamerali Huawei Mate 20 videosini ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  1933
  •  19.05.2018 18:10

To‘rtta bosh kamerali Huawei Mate 20 videosini ko‘ramiz!

Xitoylik yetakchi smartfonsoz joriy yilda uch modulli kameraga ega birinchi (va hozircha yagona) telefon – Huawei P20 Pro modelini taqdim etdi. Xo‘sh, agarda smartfonda uchta emas, to‘rtta asosiy kamera bo‘lsa-chi?

O‘QING: Rasmiy: Huawei P20 Pro — hayratomuz smartfon taqdim qilindi!

To‘rt kamerali smartfon qanday bo‘lishi mumkinligiga Concept Creator resursi jiddiy qiziqib qoldi. Sayt dizaynerlari yaratgan konsept videodagi Huawei Mate 20 shunaqa – to‘rtta asosiy kamera moduliga ega.

Mana, shu lavhani birga ko‘ramiz:

Ta’kidlash kerakki, bu lavhada ko‘rayotganimiz – shunchaki dizaynerlar xayoloti mahsuli. Mate 20 (balki boshqacha nomlanishi ham mumkin) smartfonini Huawei hali shu yilning to‘rtinchi choragiga boribgina taqdim etadi. Ammo uni allaqachon tayyorlab, benchmarkda sinab ko‘rganligi haqida yozganmiz.

O‘QING: Yangi rekord: yilning eng tezkor smartfoni AnTuTu’da 356 918 ball to‘pladi!

Yuqoridagi videorolikda guvohi bo‘lganingizdek, Mate 20 korpusining orqa panelida yorug‘lik-diodli chaqnoqqa ega bo‘lgan to‘rtta kamera moduli mavjud. Yon qirralarda esa qurilmani o‘chirib-yoqish, ovozni balandlatish-pastlatish va fotosurat olish tugmachasi joylashgan.

Smartfonda 3.5 millimetrlik audiotirqish yo‘q, boshqa gadjetlarga ulash va quvvat olish uchun USB-C porti qo‘llanadi. Barmoq izi skaneri esa displey ostiga joylangan. Dizaynerlar fikricha, Huawei Mate 20 kul rang, qizil, ko‘k va feruza rangli korpuslarda taqdim etilishi mumkin.

O‘QING: Uch kamerali iPhone besh karrali gibrid zumga ega bo‘ladi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!