«To‘rtta G»: Motorola atigi 199 dollardan boshlanuvchi Moto G7 smartfonlarini taqdim etdi

  •   DiMaX
  •  1125
  •  08.02.2019 11:07

«To‘rtta G»: Motorola atigi 199 dollardan boshlanuvchi Moto G7 smartfonlarini taqdim etdi

Motorola kompaniyasi Moto G7 turkumidagi smartfonlarni tayyorlayotgani haqida keyingi paytlarda insayderlar xabar qilib kelishardi. Kecha – 7 fevral kuni ular rasman namoyish qilindi.

O‘QING: Motorola’dan bir yo‘la to‘rtta smartfon: hammasi o‘rta toifada

Mazkur seriyaga to‘rtta model kirgan – standart Moto G7, nisbatan qimmatroq Moto G7 Plus, baquvvat batareyali Moto G7 Power va eng arzon Moto G7 Play.

Avvalgi avlod Moto G modellariga nisbatan ushbu smartfonlarning afzalligi – ular qudratliroq protsessor va kameralar, kuchliroq quvvatlash texnologiyalariga ega. To‘rttala qurilma ham Android 9.0 Pie tizimiga ega bo‘lib, Yevropada fevralning o‘rtasidanoq sotuvga chiqadi.

Eng qimmat Moto G7 Plus modeli Snapdragon 636 protsessoriga tayangan, qolgan uchtasi esa Snapdragon 632 chipi bazasida ishlaydi. Xotira hajmi turli hududlar uchun chiqarilayotgan variantlarda o‘zaro farqlanadi: texkor xotiralari 2–4 gigabaytlik, doimiylari esa 32–64 gigabaytlik.

O‘QING: Endi o‘zimiz ta’mirlaymiz: Motorola smartfonlarni uyda ta’mirlash uchun to‘plam chiqarmoqda

Standart Moto G7 diagonaliga 6,2 dyuymlik, tasvir aniqligi 2270x1080 piksellik displeyga ega. Asosiy kamerasi qo‘shaloq – 12 va 5 megapiksellik, selfi-kamera esa 8 megapiksellik datchiklardan iborat. 3000 mA/soatlik akkumulyatorini 15 vattlik quvvatga ega texnologiya orqali tezkor zaryadlash mumkin.

Moto G7 Plus modelining undan farqlari: bosh kamerasi 16 va 5, old kamerasi esa 12 MPlik. Ushbu ilg‘or smartfon yana stereodinamiklar bilan, shuningdek, Moto turkumida ilk bor 27 vattlik TurboPower quvvatlash texnologiyasi bilan ta’minlangan.

Moto G7 Power smartfonining Moto G7’dan farqli jihatlari: ekranining tasvir aniqligi 1520x720 piksellik, asosiy kamerasi 12 megapiksellik yakka datchikli, akkumulyatori 5000 mA/soatlik.

Moto G7 Play modelining diagonaliga 5,7 dyuymlik ekrani 1512x720 piksellik aniqlikka ega. Asosiy kameralari 13 va 8 megapiksellik. 3000 mA/soatlik akkumulyatori 10 vattlik quvvatlash usuli yordamida tezkor zaryadlanadi.

Moto G7, G7 Power va G7 Play smartfonlari tegishlicha 299, 249 va 199 dollarga narxlangan. Moto G7 Plus modeli esa AQShda sotilmaydi, uning Yevropadagi narxi – 300 yevro.

Darvoqe, Motorola kompaniyasi yaqin orada o‘zgacha bir smartfon ham taqdim etishi kutilmoqda...

O‘QING: Qayishqoq ekranli Motorola RAZR V3 fevraldayoq sotuvga chiqadi, narxi ham ma’lum!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!