To'rtta iPad'ga qarshi bitta Galaxy Tab

To'rtta iPad'ga qarshi bitta Galaxy Tab

International Data Corporation (IDC) tahlilchisi Fransisko Jeronimo o'z Twitter sahifasida 2022-yilning ilk uch oyligida eng ko'p sotilgan planshetlar top beshtaligi ro'yxatini e'lon qildi. Unga ko'ra, Apple kompaniyasining iPad plansheti umumiy bozorning 31.8% ulushi bilan dunyo bo'ylab eng ko'p yetkazib berilgan.

Garchi o'z qatorining eng zo'r bo'lmasa-da, o'tgan yili sentabrda taqdim qilingan iPad plansheti top beshtalikda birinchi o'rinni egallagan. Faxrli ikkinchi o'rinni esa "kichkina" degan nomiga qaramay iPad Mini (2021) band qilgan. Top uchlik yana bir boshqa Apple plansheti, yuqori darajadagi iPad Pro (2021) bilan yopilgan. Apple planshetlari ro'yxatni to'liq egallab ololmagan va to'rtinchi o'rinda raqobatchi kompaniya qurilmasi turibdi. Biroq, kupertinolik kompaniyaning ikki yil avval chiqarilgan planshetlaridan biri top beshlikning so'nggi o'rnini band qilishga muvaffaq bo'lgan va bu 2020-yilning oktabrida chiqarilgan iPad Air bo'lib, ro'yxat u bilan yakunlanadi. Ushbu planshetlar Apple planshetlari sotuvining 94% qismiga to'g'ri kelar ekan.

Global planshetlar bozorida Apple'dan keyingi ikkinchi o'rinni Samsung egallagan va uning ulushi 21.8 foizga to'g'ri keladi. Janubiy Koreya kompaniyasining ikki yil oldingi Galaxy Tab 8.4 qurilmasi eng ko'p sotilgan to'rtinchi planshet bo'lgan va u qatordagi yagona Android planshetdir.

O'QING: Apple tez kunda o'zining virtual reallik qurilmasini taqdim qilishi mumkin!