To‘rtta modeldagi Xiaomi va Redmi smartfonlari egalariga noxush xabar bor

  •   DiMaX
  •  6893
  •  24.03.2020 11:45

To‘rtta modeldagi Xiaomi va Redmi smartfonlari egalariga noxush xabar bor

Xitoydagi manbalarning yozishicha, Xiaomi kompaniyasi MIUI 11 grafik qobig‘ining ichki beta-versiyasi ustida ishlashni to‘xtatgan. Bu haqda uning o‘zi tegishli forumda ma’lum qilgan.

O‘QING: Xiaomi uchta arzon smartfoniga Android 10 tayyorlayapti, yana biriga barqaror global proshivka tarqatyapti ham!

Buning sababini kompaniyaning o‘zi ochiqlamagan, ammo ikkita variant bor. Biri – koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi sabab – Xiaomi o‘z dasturchilarini navbatdagi – MIUI 12 proshivkasi ustida ishlashga jalb etgan bo‘lishi mumkin.

Nima bo‘lganda ham, bu holat to‘rt xil rusumdagi smartfonlar proshivkalari yangilanishini kechiktiradi. Bular quyidagilardir:

  1. Xiaomi Mi 9 Pro;
  2. Xiaomi Mi 10;
  3. Xiaomi Mi 10 Pro;
  4. Xiaomi Redmi Note 8.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda biz hali taqdim etilmagan MIUI 12 proshivkasi hamda Android 11 tizimigacha yangilanuvchi Xiaomi smartfonlarining ikkita ro‘yxatini e’lon qilganmiz. Shuningdek, kompaniya allaqachon o‘z smartfonlari egalarini MIUI 12 testiga taklif etyapti.

O‘QING: Xiaomi va Redmi smartfonlarining rasmiy proshivkalari «xazinasi»ga marhamat!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.