To‘rtta narx toifasiga ko‘ra eng zo‘r smartfonlar reytinglari (AnTuTu, 2019 yil oktyabr)

  •   DiMaX
  •  3844
  •  11.11.2019 13:41

To‘rtta narx toifasiga ko‘ra eng zo‘r smartfonlar reytinglari (AnTuTu, 2019 yil oktyabr)

AnTuTu kompaniyasi smartfonlarning samaradorligini o‘lchab berishdan tashqari, ularning reytinglarini ham e’lon qilib kelayotir. Yaqinda bu benchmark jamoasi biryo‘la ikkita: eng kuchli flagmanlar va eng zo‘r o‘rta narxli smartfonlar ro‘yxatlarini taqdim etgandi.

O‘QING: Oy guvohligida "tungi duel": Xiaomi Mi CC9 Pro vs Huawei P30 Pro

Mazkur benchmark endi masalaga o‘zgacha yondashib, o‘z narxi va kuchliligi o‘zaro eng mutanosib bo‘lgan smartfonlar reytinglarini chiqardi. To‘rtta narx toifasiga ko‘ra tuzilgan ushbu ro‘yxatlar mahalliy bozordagi 2019 yil oktyabr oyining oxiridagi holat bo‘yicha shakllantirilgan.

Demak, AnTuTu birinchi narx toifasiga arzon – bahosi 1449 yuan (207 AQSh dollari) ko‘rsatkichidan oshmaydigan smartfonlarni kiritgan. Unda Snapdragon 845 protsessoriga va 6/64 gigabaytlik tezkor/doimiy xotiraga ega Meizu 16th g‘olib bo‘lgan. Kompaniyaning 2018 yilgi flagmani bo‘lgan ushbu smartfonning 8/128 gigabaytligini Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish mumkin.

Hamyonbop smartfonlarning kuchli uchtaligiga yana 4/64 GBlik Meizu X8 (xarid qilish) hamda Honor 9X ham kirgan. Ayni shunday xotira konfiguratsiyasiga ega Xiaomi Redmi Note 8 Pro (sotib olish) o‘nlikni yakunlab bergan.

O‘QING: «Bozorni portlatuvchi» 5G-smartfon va uning protsessori taqdimot kuni aytildi

Ikkinchi toifaga 1500-1999 yuanlik (214-285 dollarlik) smartfonlar mansub va unda Lenovo Z6 Pro g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

Bu ro‘yxatda kuchli uchlikka Vivo iQOO hamda Honor V20 (har ikkalasi 6/128 GBlik konfiguratsiyada) kirgan bo‘lsa, o‘nlikni 6/128 GB xotirali Xiaomi CC9 yakunlagan.

O‘QING: Android-smartfonni tekshiruvchi ikkita bepul ilova

AnTuTu uchinchi toifaga narxi 2000-2999 yuan (286-429 dollar) oralig‘idagi smartfonlarni kiritgan. Ularning eng zo‘ri esa 8/256 GB konfiguratsiyali Redmi K20 Pro (sotib olish) bo‘lib chiqqan:

Kuchli uchlikdan yana 6/128 gigabaytlik Meizu 16s hamda o‘yinbop Nubia Red Magic 3 modelining 8/128 GBlik varianti joy olgan. Mazkur toifadagi kuchli o‘ntalikni yana bir geymerofon – 12/128 gigabaytlik Xiaomi Black Shark 2 Pro nihoyalab bergan.

O‘QING: Qo‘l-oyoqsiz geymer Fortnite’dagi g‘alabalari bilan Ginness rekordlar kitobiga kirdi! (+video)

Va nihoyat, eng qimmat – 3000 yuan (429 dollar) va undan yuqori narxlardagi smartfonlar orasida birinchi o‘rinni 8/256 GBlik OnePlus 7T zabt etgan. Uning ortidan Asus ROG Phone 2 hamda Vivo iQOO Pro 5G flagmanlari (ikkalasi ham 8/128 GBlik) joy olgan.

Qimmat va kuchli flagmanlar o‘ntaligini 8/128 GB xotirali Huawei P30 (xarid qilish) yakunlab turibdi.

O‘QING: 2300 dollarlik smartfonni xitoyliklar 5 daqiqadayoq talashib tugatishdi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!