To‘rtta rusumdagi iPhone 13’ni videoda har tomonlama ko‘rsatishdi

  •   DiMaX
  •  1504
  •  21.06.2021 09:19

To‘rtta rusumdagi iPhone 13’ni videoda har tomonlama ko‘rsatishdi

Apple’ning o‘n uchinchi avlod smartfonlari turkumiga to‘rtta – iPhone 13 mini, iPhone 13, iPhone 13 Pro hamda iPhone 13 Pro Max modellari kirishi aytilmoqda. Avvalroq ulardan har birining akkumulyatori tok sig‘imi ma’lum bo‘lgan edi. Yaqinda esa...

O‘QING: iPhone 13 turkumidagi barcha smartfonlarning xotira variantlari va narxlari bilan tanishing

Shu paytgacha mazkur smartfonlarning asosan render suratlari tarqalgan, iPhone 13 mini modelining «jonli» rasmi ham chiqqan – uni bulturgi iPhone 12 mini bilan taqqoslab ko‘rsatishgan. ConceptsiPhone nomli YouTube-kanal esa shu kabi tasvirlar va insayderlik ma’lumotlariga tayanib, o‘n uchinchi avlod ayfonlarning dizaynini ko‘rsatuvchi video tayyorladi.

iPhone 13 turkumining dizaynidagi muhim o‘zgarish – old kamera jamlanmasi uchun ekranda ochilgan kemtikning ixchamlashuvidir. Ma’lumotlarga ko‘ra, uning eni 34,83 millimetrdan 26,8 millimetrgacha kichraytirilmoqda.

Orqa paneli dizayniga ko‘ra standart iPhone 13 hamda uning mini-versiyasi o‘zaro o‘xshash, iPhone 13 Pro va uning Max talqini bir xil bo‘lishini kutish mumkin:

Bu yilgi Apple smartfonlarining «katta» versiyalari – iPhone 13 Pro va 13 Pro Max modellarida ProMotion displeylar qo‘llanishi kutilmoqda. Ular 120 gersgacha moslashuvchan chastotali bo‘ladi, ya’ni ekranda aks etayotgan kontent turiga qarab kadr yangilanishi avtomatik tarzda o‘zgaradi.

Shuningdek, o‘n uchinchi avlod iPhone’lar oldingilariga nisbatan sig‘imdor akkumulyatorlar, Always-On Display funksiyasi hamda korpusning yangi ranglariga ham ega bo‘lishi kutilmoqda.

O‘QING: iPhone 13 Pro hamda 13 Pro Max uchun allaqachon «chaqadigan» narxlarda buyurtma olishyapti!