"Toshkent - non shahri" emas, "Toshkent - aytishniklar shahri"!

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov o‘zining Telegram'dagi rasmiy sahifasi orqali IT Park rezidentlari yil boshidan shu kungacha deyarli 2 barobarga ortganini ma'lum qildi.

"Bu yil jahonda iqtisodiy o‘sishdagi qiyinchiliklar kuzatilayotgan vaqtda, aynan bizning IT Park rezidentlari yil boshidan shu kungacha deyarli 2 barobarga ortdi. Bu yil jahonda iqtisodiy o‘sishdagi qiyinchiliklar kuzatilayotgan vaqtda, aynan bizning IT Park rezidentlari yil boshidan shu kungacha deyarli 2 barobarga ortdi. Ya’ni yil boshida Davlatimiz Rahbari tomonidan O‘zbekistonni IT xabga aylantirish bo‘yicha belgilab berilgan vazifalarining amaliy natijalarini bu yil yakunlanmasdanoq ko‘rishga imkon bo‘layapti va kelgusi yillar uchun yaxshi poydevor yaratilmoqda." deydi Shermatov.

Shuningdek, uning qo'shimcha qilishicha, chet elliklar avvalgi "Ташкент - город хлебный" degan gapni, “Ташкент - город айтишный” degan maqolalar yozib O‘zbekistonni AyTi xabga aylanayotganini muhokama qilishmoqda.

So'z oxirida, vazir yosh avlodni o‘z vaqtlarini ko‘proq xorijiy tillarni hamda axborot texnologiyalarni o‘rganishga chaqirdi:

"Zora, shu bugungi tutun haqidagi xabarlar orqali yoshlarimiz o‘zi nima ekan bu IT Park, qanday qilsam men ham yuqori daromadli ish topar ekanman deb o‘zlariga savol berib, sohamizga qiziqsalar va o‘z ustilarida ishlashni boshlasalar hamda ko‘proq xalqaro tan olinadigan IT sertifikatlarni olsalar." 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!