Toshkent metrosining barcha bekatlarida endi uyali aloqa va mobil internet ishlaydi!

  •   DiMaX
  •  674
  •  23.02.2021 12:34

Toshkent metrosining barcha bekatlarida endi uyali aloqa va mobil internet ishlaydi!

Metropolitenda internetni ishga tushirish 2019 yilda boshlangan edi. Sentyabr oyidagi 6-ICTEXPO 2019 ko‘rgazmasida «COSCOM» MChJ (Ucell savdo belgisi) yurtimizda birinchi bo‘lib 5G tarmog‘i bilan birga, ilk marotaba ikkita bekatda aloqani yo‘lga qo‘yish haqida e’lon qilgandi.

O‘QING: Bir yilga cheksiz Telegram, YouTube, Tas-IX, qo‘ng‘iroqlar yoki ijtimoiy tarmoqlar kerakmi?

Bugunga kelib abonentlar internetdan barcha platformalarda foydalanish imkoniyatiga ega, deyiladi kompaniya xabarida.

Poytaxt metrosi nafaqat jamoat transporti sifatida xizmat qiladi, balki haqli ravishda sayyohlar muntazam tashrif buyuradigan zamonaviy me’moriy obida ham sanaladi. Yo‘lovchilar uchun yo‘nalish davomida mobil aloqa va internetdan foydalanish imkoniyati har doimgidan ham muhim. Bir yarim yil oldin biz yer ostida ulanish qay tariqa amalga oshirilgani, muhandis va texniklar duch kelgan qiyinchiliklar haqida hikoya qilgandik. Axir, metropoliten bizning sharoitda nafaqat strategik ob’yekt, balki madaniy mulk hamdir.

Radiotarmoqni rejalashtirish guruhi muhandisi Ravshan Vahobov shunday deydi:

— Toshkent metrosidagi aloqa — o‘ziga xos betakror loyiha va uni boshqa mamlakatlardagi tajriba bilan solishtirib bo‘lmaydi. Biz ishni belgilangan sanitar xavfsizlik me’yorlariga muvofiq tashkil etdik. O‘zbekistondagi SES standartlari dunyodagi eng qat’iylaridan hisoblanadi. Texniklarimiz, shuningdek, uskunalarni bekatlar intereriga imkon qadar sezilmaydigan qilib biriktirish va bir vaqtning o‘zida yuqori sifatli aloqani saqlab qolishga diqqat qaratishdi. Foydalanuvchi testlari muvaffaqiyatli o‘tdi va bugun Ucell abonentlari muammosiz internetda syorfing bilan shug‘ullanishi, istalgan bekatdan qo‘ng‘iroq qilishi yoki xabar yo‘llashi mumkin. Shubhasiz, bu ish hali davom etadi va biz erishilgan natijada to‘xtamoqchi emasmiz.

Qabul-uzatish uskunasi efirga o‘tgan yilning 17 dekabrida ulangan edi. Barcha bekatlarda test-drayv amalga oshirilgan. Ovozli, paket va SMS-xizmatlar to‘la hajmda ishlamoqda. To‘rtinchi avlod uyali aloqa standarti – LTE tarmog‘ida qayd etilgan eng katta tezlik 142 Mbit/soniya (Speedtest). Bundan tashqari, sutka davomida 1500 ga yaqin faol 4G foydalanuvchilari ro‘yxatga olingan.

Biz Ucell kompaniyasi tomonidan tatbiq etilayotgan zamonaviy texnologiyalar yordamida hayot sifati yaxshilanishi, uyali aloqa va internet-aloqa xizmatlaridan esa har bir inson istalgan yerda foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishiga intilmoqdamiz, deyiladi xabarda.

O‘QING: «YueSeM Telekom» va MegaFon O‘zbekiston bozoriga kirib kelmoqda

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!