Toshkent viloyatida Beeline’ni portlatmoqchi bo‘lgan tahdidchi qo‘lga olindi

  •   DiMaX
  •  818
  •  05.04.2019 13:50

Toshkent viloyatida Beeline’ni portlatmoqchi bo‘lgan tahdidchi qo‘lga olindi

2019 yil 4 aprel kuni noma’lum shaxs «Beeline» uyali aloqa kompaniyasiga qo‘ng‘iroq qilib, tahdid qilgan. Bu to‘g‘rida O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

O‘QING: «Beeline Uzbekistan» bosh direktori: 100 mlrd so‘mdan ortiq daromadimiz raqobatdoshlar foydasiga olib qo‘yilgan

Xabarga ko‘ra, operatorga qo‘ng‘iroq qilgan shaxs, hisobi to‘ldirilgan bo‘lsa ham qo‘ng‘iroq qila olmayotganini aytgan. Agar 5 daqiqada hisob raqamini yoqishmasa, kompaniyani portlatib yuborishini aytib, aloqani uzib qo‘ygan.

Holat yuzasidan Toshkent viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor aniqlov tadbirlari tashkil etildi. Natijada, ushbu qo‘ng‘iroqni Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumani Nurafshon MFY Navbahor ko‘chasida yashovchi V.M. amalga oshirganligi aniqlandi. Mazkur shaxs mast holda, aloqa tarmog‘i yaxshi ishlamaganligi sababli qo‘ng‘iroq qilganligi aniqlanib, qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi Ichki ishlar vazirligi xabarida.

O‘QING: Mobil operatorlar bizdan nimani yashirmoqda?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.