Toshkentda «Aqlli shahar – ochiq axborot tizimi» mavzusida seminar o‘tkaziladi

  •   DiMaX
  •  611
  •  16.05.2019 14:47

Toshkentda «Aqlli shahar – ochiq axborot tizimi» mavzusida seminar o‘tkaziladi

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 18 yanvardagi «O‘zbekiston Respublikasida «Aqlli shahar» texnologiyasini joriy etish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 48-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida bir qator ishlar qilinmoqda. Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan joriy yilning 20-21 may kunlari Toshkent arxitektura-qurilish instituti binosida o‘tkaziladigan seminar ham shulardandir, deyiladi vazirlik xabarida.

O‘QING: Nurafshonda «aqlli shahar» sari ilk qadamlar qo‘yildi

Xabarga ko‘ra, seminar quyidagi mavzularda o‘tkazilishi rejalashtirilgan: «Davriy iqtisodiyot – mintaqa va davlatning taraqqiyot yo‘li», «Aqlli shahar – ochiq axborot tizimi» Konsepsiyasi va «Qurilish ob’yektlarini loyihalashtirish, qurish va ishga tushirishda raqamli axborot modelini yaratish».

Ushbu seminarda Finlyandiya va Belarus olimlari va yirik kompaniyalar rahbarlari ishtirok etib, bu o‘z navbatida jahondagi eng yangi raqamli texnologiyalar bilan tanishish imkonini beradi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi turli vazirlik va idoralar rahbarlari, shuningdek ta’lim va xususiy sektor vakillarini mazkur tadbirda ishtirok etishga taklif etgan.

O‘QING: Dunyodagi 10 ta eng aqlli shahar

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!