O‘zbekistonda ilk bor jurnalist va blogerlarga yangi Huawei P30 turkumi smartfonlari kamera imkoniyatlari namoyish etildi!

O‘zbekistonda ilk bor jurnalist va blogerlarga yangi Huawei P30 turkumi smartfonlari kamera imkoniyatlari namoyish etildi!

Toshkentda bloger va jurnalistlar uchun O‘rta Osiyoda birinchi – Huawei Media Hub ta’lim dasturining ilk anjumani bo‘lib o‘tdi. 26 aprel kuni o‘tkazilgan birinchi uchrashuv dunyo bo‘yicha jadal ravishda rivojlanib borayotgan «mobil suratga olish san’ati» mavzusiga bag‘ishlandi. Bu haqda ushbu tadbirda bevosita ishtirok etgan Terabayt.uz muxbiri xabar bermoqda.

Dastur IT-industriyaning turli sohalaridan taklif qilingan ekspertlar tomonidan o‘tkaziladigan seminar va master-klasslar yordamida O‘rta Osiyo va Qozog‘istonda IT-jurnalistikani rivojlantirishni maqsad qilgan.

Tadbirda ekspert sifatida mobil fotografiyaga oid Telegram'dagi eng katta kanal muallifi Olga Dragunova o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Dastur davomida bloger va jurnalistlarga kompaniyaning yangi – Huawei P30 smartfonlari lineykasi va eng so‘nggi texnologiyalari bilan yaqindan tanishish imkoniyati yaratildi.

Huawei Device kompaniyasining O‘rta Osiyo va Qozog‘istondagi mijozlar bilan ishlash biznes-guruhi PR-menejeri Olesya Kolesnichenko o‘z fikrlarini yig‘ilganlar bilan bo‘lishdi. “Suratga olish uchun smartfonlardan asosiy qurilma sifatida foydalanish yildan-yilga  o‘sib bormoqda. Foydalanuvchilar yangi smartfon tanlashda uning kamerasi va suratga olish xususiyatlariga yanada ko‘proq e’tibor qaratishmoqda. Misol uchun, bizning flagman qurilmalarimiz Huawei P20, Huawei Mate 20 Pro va yangi taqdim etilgan Huawei P30 Pro o‘tgan yilning bahoridan buyon kompaniya savdo rekordlarini yangilamoqda va DxOMark professional servisining eng yaxshi kamerofonlar reytingida yetakchilik qilib kelmoqda. Bugun mobil fotografiya bo‘yicha master-klassda O‘zbekistonda ilk bor jurnalist va blogerlarga yangi Huawei P30 turkumi smartfonlari kamera imkoniyatlarini namoyish etdik, ertadan esa barcha xohlovchilar ham bunga shaxsan amin bo‘lishlari mumkin – yangi qurilmalarimiz savdolari boshlanishini e’lon qilamiz”, – dedi kompaniya mutaxassisi.

 

Avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro forumidagi ishtiroki doirasida 25 aprel kuni Huawei kompaniyasining Tadqiqotlar va innovatsiyalar markaziga tashrif buyurgan edi.

O‘QING: Huawei P30 va P30 Pro savdoga chiqishi bilan rekord o‘rnatdi: 10 soniyadayoq 200 million!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.