Toshkentda chegaradan dron yordamida o‘tkazilgan «Makarov» to‘pponchasi xaridorlari ushlandi (video)

  •   DiMaX
  •  504
  •  28.01.2021 15:37

Toshkentda chegaradan dron yordamida o‘tkazilgan «Makarov» to‘pponchasi xaridorlari ushlandi (video)

Poytaxtimizda yashovchi ikki fuqaro Toshkent tumanidan o‘tuvchi o‘zbek-qozoq davlat chegarasi yaqinida dron yordamida Qozog‘izistondan kontrabanda yo‘li bilan yuborilgan o‘qotar qurollarni sotib olgan vaqtlarida qo‘lga olindi. Bu haqda «O‘zbekiston 24» reportajida xabar berildi, deb yozadi Xabar.uz.

O‘QING: «Kamikadze» dronlarni yoppasiga otuvchi qurilma chiqdi (video)

Ular ushbu qurolni Qozog‘iziston fuqarosidan 4 ming AQSh dollariga sotib olgan.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu qurol o‘q otish uchun yaroqli holatdagi «Makarov» to‘pponchasi ekan va o‘qdonida 6 dona o‘q bo‘lgan.

Ushlanganlarning ikkalasi ham avval sudlangan ekan. Biri 2012 yilda Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish), 2019 yilda 169-moddasi (O‘g‘rilik) bilan aybli deb topilgan.

O‘QING: Uch buyuk derjava – Rossiya, AQSh va Xitoy harbiy qudratini raqamlarda batafsil solishtirib ko‘rsatishdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!