Toshkentda elektrokarlar taksi sifatida xizmat qiladi!

  •   DiMaX
  •  1223
  •  30.06.2020 17:01

Toshkentda elektrokarlar taksi sifatida xizmat qiladi!

O‘zbekiston poytaxtida elektromobillar bilan taksi xizmatlarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar beradi.

O‘QING: Alibaba’da hatto flagman smartfonlardan ham arzon elektromobil sotilyapti! (+«jonli» video)

«Bu – 100% elektr avtomobil. Bitta quvvat bilan elektromobil shahar sharoitida 419 km, magistralda esa 540 km yo‘l bosishi mumkin.

53 kVt quvvatga ega akkumlyatorlardan foydalaniladi. Avtomobil harakatlanishining tannarxi kilometrga 50-60 so‘m turadi», – deydi bu haqda Xitoy kompaniyasining vakili Azamat Rashidov.

Avtomobillar narxlari – ularning turlariga qarab $23 mingdan $25 minggacha. Rashidovning so‘zlariga ko‘ra, mahalliy tadbirkorlardan biri taksi xizmati sifatida foydalanmoqchi bo‘lgan ushbu 500 ta mashinaga buyurtma bergan.

Mashinalarni uyda quvvatlantirish mumkin – bu 19 soat vaqtni oladi, ammo taksilar uchun 10 ta maxsus quvvatlovchi stansiyalar o‘rnatish rejalashtirilgan, bu 30 daqiqada avtomobilni quvvatlantirish imkon beradi.

O‘QING: Mashinalar qo‘zg‘oloni: Tesla elektromobili «kamikadze»lik qildi!