Toshkentda ham yo‘lga radar o‘rnatiladigan joylar savdoga chiqarildi

  •   DiMaX
  •  382
  •  01.07.2021 08:59

Toshkentda ham yo‘lga radar o‘rnatiladigan joylar savdoga chiqarildi

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining joriy yil 21 apreldagi 232-son qarori asosida radar va kameralar o‘rnatish joylari «E-auksion» savdo maydonchasi orqali sotilishi belgilangan edi. Joriy yilning 9 iyunidan esa mamlakatda birinchi bo‘lib Namangan va Xorazm viloyatlarida radar va kameralar o‘rnatish joylari savdoga chiqarilgan.

O‘QING: Yo‘lga radar va kamera o‘rnatgan tadbirkor YHQ buzilishini aniqlaganligi uchun qancha oladi?

Elektron-onlayn auksionlarni tashkil etish markazi saytida birinchi marta Toshkent shahrida radar o‘rnatiladigan joylar auksionga chiqarildi.

Poytaxtda radar qo‘yib tirikchilik qilishni maqsad qilganlar uchun joylar boshlang‘ich 2,4 mln – 36,5 mln so‘mdan savdoga chiqarilgan.

Hozircha Yakkasaroy, Bektemir va Mirobod tumanlaridagi 38 ta «tochka» savdoga qo‘yilgan.

Ma’lumotga ko‘ra, eng arzon joy Yakkasaroy tumanida, eng qimmat joy esa Mirobod tumani Hamid Olimjon nomidagi maydon yaqinidagi ko‘prik osti ko‘rsatilgan.

O‘QING: Yo‘lda radar bormi? Unda bu haqda Waze orqali xabar bering