Toshkentda havo ifloslanishi. Uni qanday kuzatib borish mumkin?

Toshkentda havo ifloslanishi. Uni qanday kuzatib borish mumkin?

O'zgidromet mutaxassisining xabar berishicha (Daryo orqali), 2-oktabr kuni, soat 7:00 atrofida Toshkent havosi nafas olib bo'lmaydigan darajada ifloslangan. Garchi har doim bo'lmasada, bunday holatlar ora-orada kuzatilib turiladi. Xo'sh, buni qanday kuzatib borish mumkin?

IQAir tomonidan taqdim qilinayotgan AirVisual ilovasi nafaqat atrofingizdagi, balki butun dunyo bo'ylab havo sifati qanday ekanligini oson tushinish va kuzatib borish imkonini beradi. Ilovaga kirishingiz bilan siz dunyodagi eng mashhur shaharlardagi havo holatini ko'rasiz, albatta, ular orasiga Toshkentni ham qo'shib olishingiz mumkin.

Ilovaning foydali xususiyatlaridan yana bir shundaki, siz havo sifati bilan birga havo haroratini ham kuzatib borishingiz sayrga chiqish kabi rejalaringizni oldingi 7 kunlik prognozga qarab tuzishingiz mumkin. Shu bilan birga, ilova sizga havo ifloslanganda nima qilish kerakligi, havo sifati tarixi kabi qo'shimcha ma'lumotlar ham beradi.

AirVisual ham Android, ham iOS, uchun Play Store va App Store ilovalari mavjud.

O'QING: Telegram'da navbatdagi firibgarlik: "Siz 3 oylik Premium obuna yutib oldingiz!"