Toshkentda ilk bor o‘tkazilayotgan EPAM Insider anjumaniga marhamat – ishtirok etish bepul!

  •   DiMaX
  •  600
  •  18.02.2019 13:17

Toshkentda ilk bor o‘tkazilayotgan EPAM Insider anjumaniga marhamat – ishtirok etish bepul!

Joriy yilning 23 fevral kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida poytaxtimizda ilk bor EPAM Insider anjumani bo‘lib o‘tadi. Axborot texnologiyalari sohasidagi trendlarga, shuningdek kompaniyaning eng yaxshi amaliyotlari – dasturiy ta’minot va innovatsion yechimlarning global ta’minotchilariga bag‘ishlangan ushbu tadbir haqida universitet rasmiy sayti xabar bermoqda.

O‘QING: Toshkentda bolalarga dasturlash va robototexnikani o‘rgatuvchi RoboCraft kurslari ochilmoqda

EPAM Systems – dasturiy ta’minot va raqamli platformalar ishlab chiqish bo‘yicha dunyodagi yetakchi provayderlar sirasiga kiradi. Kompaniya o‘z mijozlariga murakkab biznes muammolarini amaliy imkoniyatlarga aylantira oladigan innovatsion yechimlarni taklif etadi.

EPAM Insider – bu AT sohasining yetakchilari bilan yuzma yuz tanishish uchun noyob imkoniyatidir. Anjumanning maqsadi Toshkentda AKT sohasi mutaxassislari bilan muloqot qilish, tajriba, biznesdagi amaliy ish va ko‘nikmalarni almashishga imkon beruvchi platforma yaratishdir.

Mazkur anjumanda axborot texnologiyalari sohasi bilan bog‘liq bo‘lgan yoki shu sohada faoliyatini boshlashni rejalashtirayotgan hamda global tendensiyalar haqida ko‘proq bilishni istovchilar, mutaxassislar va hamkasblar bilan muloqot qilish istagida bo‘lgan barcha kishilar ishtirok etish mumkin.

EPAM vakillari sohadagi Delivery hamda Project Management, Digital Practice, People Management kabi zamonaviy texnologiyalar haqida batafsil ma’lumot beradi. Anjuman doirasida texnik ma’ruzalarni tinglash bilan birga EPAM ekspertlari qanday loyihalar ustida ish olib borayotgani, xalqaro AKT kompaniyasida xizmat pog‘onalaridan qanday o‘sish mumkinligi haqida aytib o‘tiladi va ishtirokchilarni qiziqtirayotgan savollarga javob beriladi.

Spikerlar bir vaqtning o‘zida ikkita maydonda ma’ruza qiladi. Ishtirokchilar EPAM Insider ma’ruzalaridan tashqari I Can Code dasturlash bo‘yicha musobaqada ham ishtirok etishadi.

Anjuman Ziyolilar ko‘chasi, 9 manzilidagi Toshkent shahridagi Inha universiteti binosida soat 09.00da boshlanadi. Anjuman rus va ingliz tillarida olib boriladi.

Mazkur loyihada ishtirok etish bepul bo‘lib, https://events.epam.com/events/insider-uz manzil orqali ro‘yxatdan o‘tiladi.

O‘QING: Hokim o‘rinbosari: Toshkent kanallari atrofida Wi-Fi hududlar tashkil etiladi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.