Toshkentda Lenovo Store brend do‘konining ochilishi bo‘lib o‘tdi

Toshkentda Lenovo Store brend do‘konining ochilishi bo‘lib o‘tdi

Brend do‘kon kompaniyaning O‘zbekistondagi birinchi do‘koni bo‘lib, mijozlarga 140 kv/m maydonda shaxsiy kompyuterlar, noutbuklar, mobil qurilmalar va Lenovo aksessuarlarining to‘liq assortimentini taqdim etadi.

2023 yil 1 iyun kuni Lenovo O‘zbekiston hududida birinchi brend do‘koni ochilganini e’lon qildi. Kompaniyaning rasmiy brend-shopi Toshkentda Labzak ko‘chasi, 106-uyda joylashgan. Lenovo Store chakana savdo do‘konining operatori Age computers hisoblanadi. 

140 kv/m maydondagi do‘konda xususiy va biznes-foydalanuvchilar uchun ishlab chiqaruvchining mashhur: Lenovo Legion, YOGA, ThinkPad, ThinkBook, IdeaPad portativ noutbuklari; shuningdek, ular uchun aksessuarlar va tashqi qurilmalar mavjud. Kelajakda do‘kon assortimenti shaxsiy kompyuterlar, monitor, Lenovo mobil qurilmalarining yangi modellari bilan to‘ldirib boriladi. Do‘kon maydonining 20% kafolatli xizmat ko‘rsatish masalalari bo‘yicha savdo va mijozlar bilan ishlashga bag‘ishlangan, 80% esa Lenovo uskunalari xaridorlari yangi mahsulotlarni sotib olishdan oldin ko‘rib chiqishlari, qurilmalarni sinab ko‘rishlari, xarid qilishdan oldin maslahatchilarga savollar berishlari mumkin bo‘lgan namoyish maydoniga ajratilgan.

“Lenovo O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib (xalqaro kompyuter uskunalari ishlab chiqaruvchi kompaniyalar orasida) rasmiy chakana savdoni rivojlantirishni boshladi. Kompaniya do‘koni - O‘zbekiston hududida xaridorning brend bilan rasmiy aloqa nuqtasidir. Bu yerda mijozlar nafaqat o‘zlarining turmush tarzi va vazifalari uchun noutbuk tanlashlari, balki kerak bo‘lganda kafolat xizmatiga murojaat qilishlari yoki sozlash bo‘yicha maslahat olishlari mumkin. Bunda ular ushbu qurilmaning kelib chiqishiga va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatiga ishonch hosil qilishlari mumkin”- deydi Lenovo Intelligent Devices Group (IDG) kompaniyasining Markaziy Osiyo va Ozarboyjondagi bosh direktori Alnur Yermagambetov.

Lenovo do‘konining ochilishi doirasida Legion va Yoga noutbuklarining birinchi xaridorlari orasida brendning aksessuarlar portfelidagi sovrinlar: tashqi qurilmalar, sichqonchalar, klaviaturalar o‘ynaladi.

Siz tovarlar, assortiment, qo‘shimcha xizmatlar va servislar mavjudligi, shuningdek do‘konning ish vaqti haqidagi ma’lumotlarni Lenovo’ning rasmiy sahifasi, Facebook va Instagram'dan olishingiz mumkin.

***

Lenovo kompaniyasi haqida

Lenovo (HKSE: 992) (ADR: LNVGY) $62 milliardlik+ kompaniya bo‘lib, Fortune Global 500 reytingida dunyodagi eng yirik kompaniyalar ro‘yxatida 171-o‘rinni egallagan, butun dunyo bo‘ylab 77 000 kishini ish bilan ta’minlaydi va har kuni 180 million mijozga xizmat ko‘rsatadi. Barcha uchun aqlli texnologiyalarning dadil tasavvuriga e’tibor qaratib, Lenovo "yangi IT texnologiyalari" ("Mijoz-periferiya-bulut-tarmoq-aqlli texnologiyalar"), shu jumladan serverlar, saqlash tizimlari, mobil qurilmalar, dasturiy ta’minot, xizmatlar va servislar rivojlanishiga turtki bo‘lgan o‘sishning yangi yo‘nalishlarini o‘rganish orqali shaxsiy kompyuterlar bozoridagi yetakchi global o‘yinchi sifatidagi muvaffaqiyatini mustahkamladi.