Toshkentda masjiddan telefon o‘g‘irlagan erkak ushlandi (video)

  •   DiMaX
  •  712
  •  26.05.2021 09:04

Toshkentda masjiddan telefon o‘g‘irlagan erkak ushlandi (video)

Poytaxtimizning Uchtepa tumanida masjiddan telefon o‘g‘irlagan erkak ushlandi. Bu haqda shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi, deb yozmoqda Bugun.uz nashri.

O‘QING: Vodiyda do‘kondan 16 ta telefon o‘g‘irlagan 15 yoshli bola ushlandi

Xabarga ko‘ra, «Said Vaqqos ota» jome masjidida noma’lum shaxs 30 yoshli M. ismli erkakka tegishli Samsung Galaxy A6 rusumli telefonni o‘g‘irlagan. Aniqlanishicha, telefon qarovsiz qoldirilgan.

Holat yuzasidan ichki ishlar organi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda ayblanuvchi J. ismli erkak ekani aniqlangan. Shuningdek, tadbir davomida undan telefon ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Ta’kidlanishicha, J. o‘g‘irlangan telefonni 150 ming so‘mga sotib, masjidga qaytib kelayotganida xodimlar tomonidan qo‘lga olingan.

Mazkur holat bo‘yicha ayblanuvchiga Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tegishli sudga jo‘natilgan.

O‘QING: Tekshirib ko‘ring: Facebook’dan sizning telefon raqamingiz ham o‘g‘irlanganmi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!