Toshkentda metro bekati tablosiga xakerlar nojo‘ya gap yozib qo‘yishdi

  •   DiMaX
  •  1931
  •  15.04.2021 12:35

Toshkentda metro bekati tablosiga xakerlar nojo‘ya gap yozib qo‘yishdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metropolitenining Sergeli yo‘nalishidagi «3-Bekat» stansiyasida vaqtni ko‘rsatuvchi soat darchasida harakatlanuvchi satrda nojo‘ya gap aks etgan video tarqaldi. Ushbu hodisa bo‘yicha ichki xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan, deyiladi «O‘zbekiston temir yo‘llari» rasmiy kanali xabarida.

O‘QING: Metroda ham internet bor – atigi 500 so‘mga bir gigabayt!

Tekshiruv natijasida joriy yilning 12 aprel kuni soat 16:40 da ushbu vaqtini ko‘rsatuvchi soat mexanizmiga xakerlar tomonidan kiberhujum (buzib kirish) sodir bo‘lganligi aniqlandi.

Mazkur darcha elektron tizimli bo‘lib, Wi-Fi tarmog‘i orqali boshqariladi. Hujumchilar soatga o‘rnatilgan parolni buzib, unga nojo‘ya gapni harakatlanuvchi satr shaklida joylashtirishgan.

«Huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan aybdorlar qidirmoqda va ularga nisbatan tegishli choralar ko‘riladi», deyiladi xabarda.

O‘QING: Hokimlik sayti tiklandi, AKT bo‘limi xodimi kaltaklanmadi. Xakerlarni qanday jazo kutmoqda?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!