Toshkentda militsiyaning elektron tarmog‘i yaratildi

Toshkentda militsiyaning elektron tarmog‘i yaratildi

Toshkentda huquqbuzarliklarning oldini olish samaradorligini yanada oshirishda zamonaviy texnologiyalar roliga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Daryo.uz.

Unda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi tizimida zamonaviy elektron tizimlar va ma’lumotlar bazasining imkoniyatlari va ulardan foydalanish tajribasi taqdim etilgan.

Tadbirda IIV xodimlari, O‘zbekistonning barcha hududlaridan huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha nozirlar va jurnalistlar ishtirok etdi.

Ma’lum qilishlaricha, ayni paytda Toshkent shahar militsiya tayanch punktlarini birlashtiradigan yagona elektron tarmoq yaratilgan.

Ushbu dasturiy ta’minot sanoqli soniyalar ichida zarur ma’lumotga ega bo‘lish, yonida ma’lum bir hujjati bo‘lmagan kishilarning shaxsini tezkor aniqlash imkonini beradi.

Axborotlar bazasi muntazam ravishda vazirlik va idoralardan qabul qilinadigan yangi ma’lumotlar bilan boyitib boriladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!