Toshkentda naq 23,4 ming dollarga bitkoin sotayotgan shaxslar ushlandi

  •   DiMaX
  •  588
  •  05.03.2021 14:03

Toshkentda naq 23,4 ming dollarga bitkoin sotayotgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura Departamenti Shayxontohur tuman bo‘limi va DXX xodimlari Toshkentda 0,45 bitkoinni 23,4 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ikki kishini qo‘lga oldi. Bu to‘g‘rida Sof.uz nashri yozmoqda.

O‘QING: Tesla bir yillik elektrokar savdosidan ko‘ra bir oyda bitkoinda ko‘proq daromad oldi!

Fuqaro D.K. va «R.» ismli shaxs noqonuniy usulda kriptovalyuta oldi-sotdisi bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olingan. Ular 1 V (bitkoin) elektron pul birligini 49 670 AQSh dollariga baholab, 0,45 bitkoin elektron pul birligiga o‘zining 5% ustama foydasini qo‘shib hisoblab 0,45 bitkoin elektron pul birligini kelishilgan «elektron hamyon»ga o‘tkazib berib, evaziga xaridordan 23 400 AQSh dollari va 800 ming so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan D.K. va «R.»ga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) va 190-moddasi (faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

O‘QING: «Real» sobiq hujumchisi bitkoinga sotilgan ilk futbolchi bo‘ldi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!