Toshkentda naq 3 million dollarlik Bitcoin sotgan shaxs qo‘lga olindi

  •   DiMaX
  •  4783
  •  20.06.2020 17:05

Toshkentda naq 3 million dollarlik Bitcoin sotgan shaxs qo‘lga olindi

Poytaxtimizda yashovchi fuqaro M.A. noqonuniy daromad orttirish maqsadida valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda o‘tkazish bilan shug‘ullangan. Mazkur holat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan.

O‘QING: Apple xodimi hali chiqmagan iOS 14 tizimli iPhone’ni ikki bitkoinga sotdi! (+«jonli» video)

Aniqlanishicha, mazkur fuqaro 2019–2020 yillarda internet tarmog‘idagi Telegram kanalida fuqarolarga 3 million AQSh dollari miqdoridagi kriptoaktivlar ko‘rinishidagi mablag‘larni ayirboshlash orqali xorijiy davlatlar fuqarolari bilan chet el valyutasini o‘tkazib kelgan, Bitcoin oldi-sotdisi bilan litsenziyasiz shug‘ullangan.

Mazkur holat yuzasidan M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) va 190-moddasi (Faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, biz avval turli kriptovalyutalarni maxfiy tarzda ishlab olish – yashirin mayning va undan himoyalanish usullari haqida yozganmiz. Shuningdek, Apple hammuassisi Stiv Voznyak ham bitkoin savdosiga aralashib, ularni chuv tushgani siz uchun ham qiziq bo‘lsa kerak.

O‘QING: Yong‘in, qarz va qamoq: qismatni qora qilgan kriptovalyuta

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.