Toshkentda o‘tkazilgan «dunyodagi ilk TikTok bayrami»da eng yaxshi o‘zbekistonlik tiktokerlar taqdirlandi

  •   DiMaX
  •  2653
  •  26.12.2020 14:47

Toshkentda o‘tkazilgan «dunyodagi ilk TikTok bayrami»da eng yaxshi o‘zbekistonlik tiktokerlar taqdirlandi

O‘zbekiston poytaxtida 23 dekabr kuni Tashkent City TikTok Awards 2020 taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir, tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, TikTok’da muvaffaqiyatga erishgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va O‘zbekistonda videobloggingni ommalashtirish maqsadida uyushtirilgan, deb yozadi Daryo nashri.

O‘QING: Ortiqxo‘jayev: «TikTokerlarni cheklash emas, ularga imkoniyat berish kerak!»

Toshkent shahar hokimi Tashkent City TikTok Awards 2020 taqdimotida «Yil tavsiyasi» yo‘nalishida eng yaxshi deb topilgan Littos dueti vakili Asal Suberbayevaga MacBook noutbukini topshirdi.

Taklif qilingan mehmonlar orasida DJ Piligrim, Shohruxxon, Munisa Rizayeva, Sitora Farmonova, Sabina Mustayeva, Alisher Uzoqov, Shahram Giyasov kabi mashhurlar bor edi. Tadbirning eng katta mehmoni esa Rossiyaning eng serdaromad tiktokchisi, asli o‘zbekistonlik Rahim Abramov bo‘ldi. U bloger «Yil heshtegi» yo‘nalishida g‘olib deb topilgan Doniyor Qayumovga mukofot topshirdi.

O‘QING: Rossiyada eng serdaromad TikTok’chilar reytingida birinchi o‘rinni o‘zbek zabt etdi!

Taqdimotda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ushbu tadbirni «nafaqat O‘zbekistonda, balki dunyoda birinchi marta o‘tkazilayotgan tiktokerlar bayrami» deb atab, bu bilan barchani tabrikladi va tiktokchilarning ijodiga omad tiladi. U «Yil tavsiyasi» yo‘nalishida eng yaxshi deb topilgan Littos duetiga mukofotni topshirdi.

G‘oliblar ro‘yxati bilan quyida to‘liq tanishish mumkin:

O‘QING: «TikTok qirolichasi» – 16 yashar raqqosa tarixga kirdi!

Spot’ning yozishicha, TikTok ayni vaqtda O‘zbekistonda eng ko‘p yuklab olinayotgan mobil dastur bo‘lib turibdi. Uning bir oylik faol foydalanuvchilari soni dunyo bo‘yicha 700 million nafarga yetgan, 2020 yil avgustida dastur jahon miqyosida 2 milliard marta ko‘chirib olingan edi.

Humans kompaniyasidan ma’lum qilishlaricha, 2020 yilning oktyabr oyining o‘zida operatorning o‘zbekistonlik foydalanuvchilari TikTok’ka 246,1 terabayt trafik sarflagan — bu Telegram (314,5 terabayt) va YouTube (303,5 terabayt)dan keyingi eng yuqori uchinchi ko‘rsatkich.

TikTok’ning auditoriyasi boshqa ijtimoiy tarmoqlardan aynan demografiyasi bilan farqlanadi (unda asosan yoshlar va ko‘proq qizlar o‘tiradi). Taqqoslash uchun, The Tower MMG va Makro’ning marketing kommunikatsiyalari bo‘yicha menejeri Denis Romanning aytishicha, Instagram va Facebook’dan asosan erkaklar foydalanadi.

O‘QING: TikTokʼda eng ko‘p folloverga ega akkauntlar TOP 20 taligi bilan tanishing

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.