Toshkentda selfi qilmoqchi bo‘lgan mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisini 27 ming volt tok urdi

  •   DiMaX
  •  5352
  •  20.01.2021 08:53

Toshkentda selfi qilmoqchi bo‘lgan mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisini 27 ming volt tok urdi

Toshkent shahrida 15 yanvar kuni selfi tushish maqsadida poyezd vagoni ustiga chiqqan 18 yoshli yigitni 27 ming volt tok urdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘QING: Fotokamera qarshisida halokat yoki selfi nega taqiqlanmoqda?

Ma’lum qilinishicha, 2002 yilda tug‘ilgan, mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi rasmga tushish maqsadida Sergeli bekatining 3-yo‘lida turgan vagon ustiga chiqqan vaqtida 27 ming volt kuchlanishidagi tok urishi oqibatida qattiq jarohatlangan.

Xabarga ko‘ra, voqeadan so‘ng, yigit tez tibbiy yordam mashinasida Respubika shoshilinch tibbiy yordam markaziga olib borilgan va jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. 

Ta’kidlanishicha, jarohat jiddiy bo‘lib, fuqaroga tananing 93 foizi 2-3 A, B darajali termik kuyish va 3-darajali bosh miya yopiq jarohati tashxisi qo‘yilgan. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, xuddi shunga o‘xshash holat 2020 yilning 12 oktyabr kuni Toshkent viloyati Chirchiq shahrida ham yuz bergan edi. O‘shanda poyezd vagoni ustida selfiga tushmoqchi bo‘lgan 14 yoshli o‘smir yuqori kuchlanishli tok urishi oqibatida og‘ir tan jarohati olgan.

O‘QING: Vannadagi qiz iPhone tufayli halok bo‘ldi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!