Toshkentda shaharning uch o‘lchovli xaritasi va tashkilotlar ma’lumotnomasi - 2GIS yaratildi

Toshkentda shaharning uch o‘lchovli xaritasi va tashkilotlar ma’lumotnomasi - 2GIS yaratildi

O‘zbekiston Respublikasi poytaxtida avtomobil navigatori va tashkilotlarning ma’lumotnomasi jamlangan shaharning 3D formatidagi xaritasi - 2GIS ishga tushirildi. Xaritaga 217000 dan ortiq binolar kiritilgan, shuningdek, 35000 ta tashkilotlar haqida ularning faoliyat turi, ish tartibi, xizmat turlari va boshqa ma’lumotlar jamlanib, kiritilgan.

2GIS foydalanuvchiga ko‘plab qulayliklarni taqdim etadi. U orqali siz kafe va restoranlardagi narx-navo, eng yaqin dorixona, sog‘lomlashtirish markazlari yoki mehmonxona haqida ham ma’lumot olish mumkin.

Shuningdek, 2GIS'ni tayyorlagan mutaxassislar ko‘p qavatli uylarning 37000ta kirish yo‘laklari haqida ham ma’lumot to‘plab, loyihaga kiritganlar. Bu esa biror manzilni izlayotganlar uchun qulay bo‘lib, ular uy va xonadon raqamiga ko‘ra, qaysi yo‘lakka kelishlari lozimligini bilib olishlari mumkin.

Umuman, 2GIS foydalanuvchiga istalgan manzilga yetib borishda yaxshi yo‘l ko‘rsatkich vazifasini bajara oladi. Agar siz uning mobil ilovasini o‘z tlefoningizga yuklab olsangiz, yo‘l davomida yo‘l belgilari, ko‘chalardagi to‘siqlar haqida ham sizni ogohlantiradi, shuningdek, boradigan manzilingizga olib boruvchi bir necha yo‘nalishlarni ko‘rsatadi.
Shuningdek, dastur orqali yo‘nalgan manzilingiz qancha masofada joylashgani, uning atrofida qanday ob’yektlar borligini ham bilishingiz mumkin.
Ushbu dasturning mobil ilovasini yuklab olish bepul (iOS, Android), shuningdek, 2gis.uz saytiga kirish orqali ham undan foydalanish mumkin.

O‘QING: Google Maps'ga zo‘r funksiya qo‘shildi. Qizig‘i, faqat iPhone'larga!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!