Toshkentdagi gavjum bozorda yuzni tanuvchi kameralar o‘rnatildi

  •   DiMaX
  •  522
  •  22.01.2020 13:36

Toshkentdagi gavjum bozorda yuzni tanuvchi kameralar o‘rnatildi

Bektemir tumani hokimligida Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari, tuman hokimi o‘rinbosari, tuman prokurori, soliq va sanitar-epidemiologiya idoralari vakillari hamda «Qo‘yliq» dehqon bozorining mas’ul xodimlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabariga asoslanib Sof.uz nashri yozmoqda.

O‘QING: DIQQAT: Toshkent bozorlari yaqinida yangicha kameralar ishga tushadi

Yig‘ilish davomida bozor va uning atrofidagi vaziyatni yaxshilash uchun qo‘llash kerak bo‘lgan zaruriy chora-tadbirlar muhokama qilindi. Birinchi navbatda sanitariya talablari, avtotransport vositalari uchun turargohlar, xizmat ko‘rsatish darajasi, savdo qilish uchun sharoitlar yaratish masalasiga e’tibor qaratildi.

Qayd etilishicha, hozirga kelib bozor hududiga 210 dona IP-kamera o‘rnatilgan, avtoturargohlarni tashkillashtirish bo‘yicha taklif kiritilgan, jamoatchilik nazorati shtabi tashkil etilgan. Bozorga kirish-chiqish joylarida esa yuzni tanuvchi uchta intellektual kamera o‘rnatilgan, deyiladi xabarda.

O‘QING: YPX xodimining smartfoni bodi-kamera bo‘la oladimi?