Toshkentdagi mashhur «Malika» bozori sotilyapti!

  •   DiMaX
  •  1971
  •  26.02.2021 15:56

Toshkentdagi mashhur «Malika» bozori sotilyapti!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq davlat mulki bo‘lgan ayrim ob’yektlar sotiladi. Ular qatorida «Chorvoq» va «Beldirsoy» kabi dam olish maskanlari, «Malika» savdo kompleksi ham bor, deb yozadi Qalampir.uz.

O‘QING: "Malika"dagi smartfon o‘g‘rilari ushlandi: xuddi "Uyda yolg‘iz" filmidagi kabi syujet! (Video)

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yuqorida sanalgan mulklar hamda «Poytaxt» biznes majmuasining qay tartibda xususiy tadbirkorlarga sotilishi yuzasidan ma’lumot berdi.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi va boshqa moliya institutlari tomonidan yirik korxonalarni strategik investorlarni jalb qilgan, ishonchli maslahatchilarni yollagan holda sotish tavsiya etilgan.

Shundan kelib chiqib, yirik aktivlarni sotish jarayonlariga ilg‘or xorijiy tajribani qo‘llash amaliyoti boshlandi.

Agentlik Matbuot kotibi Mo‘min Ibodovning ta’kidlashicha, «Chorvoq» va «Beldirsoy» kabi dam olish maskanlari, «Poytaxt» biznes majmuasi, «Malika» savdo kompleksi xalqaro tan olingan baholash kompaniyalari tomonidan baholangan holda eng yaxshi takliflarni tanlash yo‘li bilan savdolarning barcha qadamlarini ommaviy axborot vositalari orqali yoritgan holda sotiladi.

Bir qator korxonalarni xususiylashtirish bo‘yicha savdolar professional tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.

O‘QING: Yana bir operatordan ikkita aksiya: tungi internetga chegirmalar hamda tarif almashtirishda bonus va sovg‘alar!