Toyota Yaponiyada kelajak shahrini qura boshladi

  •   DiMaX
  •  544
  •  27.02.2021 17:42

Toyota Yaponiyada kelajak shahrini qura boshladi

Yaponiyaning asosan avtomobilsozlikda tanilgan Toyota kompaniyasi aqlli shahar qurilishini boshladi. Ushbu maskanda sun’iy ong va robototexnika sohasidagi eng ilg‘or texnologiyalar joriy etiladi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

O‘QING: Instagram’da eng mashhur 25 avtomobilni bilasizmi?

Woven City (To‘qilgan shahar) deb nomlanuvchi mazkur kelajak shahri Tokiodan 100 kilometr uzoqlikda, Fudzi tog‘i etagida joylashadi. Uning maydoni 71 gektarni tashkil etadi.

Shaharda uch turdagi yo‘l bo‘ladi. Birinchi yo‘l piyodalar, ikkinchi yo‘l elektr samokatlar va uchinchisi avtomobillar uchun mo‘ljallangan. Shaharda harakatlanadigan transport vositalarining asosiy qismini Toyota ishlab chiqargan e-Palette elektromobillari tashkil etadi.

Aqlli shaharda dastlabki bosqichda turli yoshdagi 360 nafar kishi hamda kompaniyaning ikki mingga yaqin xodimi va olimlar oilalari bilan istiqomat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Toyota kompaniyasi 2020 yilda Interbrand reytingiga ko‘ra dunyodagi eng qimmatbaho brendlar o‘ntaligiga kirgan.

O‘QING: O‘zbekistonda faqat elektromobillar ishlab chiqarilishi mumkin