Tramp baribir Xitoy tovarlariga boj solyapti, ammo bundan Apple jabr ko‘radi

  •   DiMaX
  •  785
  •  05.08.2019 14:50

Tramp baribir Xitoy tovarlariga boj solyapti, ammo bundan Apple jabr ko‘radi

Shu yilning 28–29 iyun kunlari Yaponiyaning Osaka shahrida «Katta yigirmatalik» (G20) sammiti bo‘lib o‘tgandi. O‘shanda AQSh prezidenti Donald Tramp hamda Hitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin o‘zaro muzokara o‘tkazishgan va yarashishga kelishib olishgan edi, ammo...

O‘QING: Huawei bilan Google zo‘r reja tuzgandi, lekin Tramp uning «ildiziga bolta urdi»!

Donald Tramp baribir Xitoydan import qilinadigan tovarlarga qo‘shimcha boj soladigan bo‘ldi. Twitter orqali uning o‘zi ma’lum qilishicha, joriy yilning 1 sentyabridan boshlab Xitoydan keltiriladigan umumiy qiymati 300 milliard dollarlik tovarlarga 10 foizlik boj joriy etiladi. Yangi tariflar avvalgi – 250 milliard dollarlik import tovarlari uchun belgilangan 25 foizlik boj doirasiga kirmaydigan mahsulotlarga tatbiq etiladi.

Ammo kaltakning ikkinchi uchi ham bor – Xitoyga nisbatan qo‘llanayotgan ushbu chora Apple’ga ham tegib ketadi. Garchi uning o‘zi Amerika kompaniyasi bo‘lsa-da, gadjetlarini Xitoyda terdiradi, bu esa import hisoblanadi.

Bank of America Merrill Lynch investitsion banki tahlilchilariga ko‘ra, ushbu boj natijasida «tishlangan olmali» smartfonlar 10 foizga qimmatlashadi. Oxir-oqibatda ularga bo‘lgan talab ham 20 foizga qisqarishi prognoz qilinmoqda.

O‘QING: Apple xavf tug‘ilishi bilan Xitoydan «juftakni rostlash»ga tayyorgarlik ko‘rib qo‘ydi