Tramp endi Google'ga hujumga o‘tdi(mi)?

Tramp endi Google'ga hujumga o‘tdi(mi)?

Google'ning Xitoy bilan aloqasi borligi haqidagi xabarlarga oydinlik kiritish maqsadida Tramp administratsiyasi surishtiruv ishlari olib boradi. Bu haqda Prezident Trampning o‘zi xabar bermoqda.

Bunga texnologiya sohasidagi eng taniqli milliarderlardan Piter Til (Peter Thiel)ning yaqindagi nutqi sabab bo‘ldi. O‘z nutqida Til Google'ga Xitoy ayg‘oqchilari kirib borganligi haqida kompaniya bosh rahbariyati hech bir o‘ylab ko‘rgan-ko‘rmaganligi haqida savol yo‘llagan.

U, shuningdek, kompaniyaning aynan Amerika emas, balki «Xitoy harbiy kuchlari bilan ishlashga qilgan ko‘rinishidan xoinona» qarorini ham so‘roqqa tutgan.

Google bunday aloqalar mavjudligini rad etgan.

Masalaga Prezidentning aralashuviga nisbatan Google o‘z munosabat javobini hozircha qaytarmagan.

Tramp o‘z tvitida Piter Tilni «bu sohani har kimdan ko‘ra yaxshiroq tushunadigan aqlli kishi», deb atagan.

«Milliarder texnoinvestor Pitr Til Google ustidan xoinlik borasida tekshiruv o‘tkazilishi kerak, deb hisoblamoqda. U Google'ni Xitoy hukumati bilan ishlashda aybalamoqda». @foxandfriends Bu sohani har kimdan ko‘ra yaxshiroq tushunadigan aqlli kishi! Tramp administratsiyasi bu masalani ko‘rib chiqadi!

Hozirga qadar post 35 mingga yaqin ritvit qilinib (ulashilib), 83 mingdan ortiq «like» yig‘gan.

Trampning Silikon vodiysidagi tarafdorlaridan biri bo‘lgan Til bu fikrlarini o‘tgan hafta oxirida Vashington okrugida o‘tkazilgan Milliy konservatizm konferensiyasida bayon qilgandi.

Bloomberg axborot agentligining yozishicha, Til, shuningdek, Google'ning «qizaloq kompaniya»si DeepMind yaratayotgan sun’iy ong tizimi ehtimoliy «harbiy qurol» bo‘lishi mumkinkigi haqida ham shubhaga borgan.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun, Til, dastavval, Londonda asos solingan sun’iy ong startaplaridan biriga investorlik qilgan. Startap keyinchalik Google'ning «ona kompaniya»si Alphabet tomonidan sotib olingan.

DeepMind'dagilar esa ushbu startap voqeasiga izoh berishdan bosh tortgan.

O‘QING: Huawei’ni Android’dan mahrum etsa, Google o‘zi nimalarni yo‘qotadi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!