Tramp ijtimoiy tarmoqlarni sudga beryapti

  •   DiMaX
  •  315
  •  09.07.2021 17:38

Tramp ijtimoiy tarmoqlarni sudga beryapti

AQSh sobiq prezidenti Twitter, Facebook va Google kompaniyalarini sudga beradi, shuningdek o‘z akkauntlarini tiklashni talab qiladi. Bu to‘g‘rida UZZOOM nashri xabar bermoqda.

O‘QING: «Twitter bo‘lmasa GETTR-da»: Donald Tramp o‘z ijtimoiy tarmog‘ini ishga tushirdi

Shu yilning boshida Twitter, keyinchalik esa Facebook va YouTube sobiq prezident Donald Trampning akkauntlarini blokirovka qilishdi.

Endi Tramp nafaqat kompaniyalarni, balki IT gigantlarining rahbarlarini ham sudga bermoqchi. Uning fikriga ko‘ra, u kompaniyalar tomonidan senzuraga olingan. Uning talablari akkauntlarni tiklash, tovon puli olish va shuningdek yuqoridagi kompaniyalarni javobgarlikka tortishdir, deb yozadi Fox News.

Donald Tramp o‘z tarafdorlari bilan muloqot qilish uchun Desk of Donald J. Trump nomli o‘z veb-saytini yaratishiga to‘g‘ri keldi.

O‘QING: Putin Trampga sovg‘a qilgan JCh–2018 to‘pining ichidan qanday chip topishdi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.