Tramp nihoyat ma’qulladi: TikTok’ni amerikalik ikkita kompaniya sotib olyapti!

  •   DiMaX
  •  619
  •  21.09.2020 10:56

Tramp nihoyat ma’qulladi: TikTok’ni amerikalik ikkita kompaniya sotib olyapti!

Kuni kecha biz Donald Tramp farmoniga ko‘ra AQSh hududida TikTok va WeChat messenjeri bloklanayotgani haqida yozgan edik. Lekin bunday bo‘lmadi – TikTok’ka egalik qiluvchi ByteDance internet-kompaniyasi mazkur servisni saqlab qolishning ilojini qildi.

O‘QING: TikTok’ka navbatdagi zarba: YouTube uning raqibini ishga tushirdi

Mamlakat prezidenti Donald Tramp jurnalistlarga ma’lum qilishicha, TikTok servisining AQShdagi biznesini Oracle hamda Walmart kompaniyalari sotib olishiga u rozilik bergan.

Oracle va Walmart e’lon qilgan bayonotga ko‘ra, bu ikki kompaniya yangi tashkil etilayotgan TikTok Global kompaniyasining 20 foiz aksiyasiga egalik qilishadi. TikTok Global esa mazkur ommabop videoservisning AQSh hududida hamda xalqaro bozordagi «aksariyat foydalanuvchilar uchun» ishlashiga mas’ul bo‘ladi.

Aytish kerakki, Oracle bunda TikTok’ning «xavfsiz bulutli provayderi» vazifasini bajaradi. Uning serverlariga 100 millionlab AQShlik TikTok foydalanuvchilarining ma’lumotlari joylanadi. Walmart kompaniyasi qo‘liga esa TikTok’dagi elektron savdo texnologiyalari hamda reklamalar o‘tadi.

Oracle bayonotida ta’kidlanishicha, TikTok Global kompaniyasi AQShda 25 mingdan oshiq ish o‘rinlari yaratadi va AQSh g‘aznachiligiga 5 milliard dollardan oshiq to‘lov qiladi.

O‘QING: Forbes ilk bor eng serdaromad TikTok yulduzlarini e’lon qildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!