Tramp talablarni oshirib, TikTok’ka yana 45 kun muhlat berdi

  •   DiMaX
  •  602
  •  15.08.2020 14:28

Tramp talablarni oshirib, TikTok’ka yana 45 kun muhlat berdi

TikTok servisini sotib olish uchun Microsoft korporatsiyasi muzokara boshlagan, lekin unga Apple ham talabgor. Ulardan tashqari, Hindistonning eng qimmat kompaniyasi ham uni xarid qilish uchun kurashga qo‘shilgan.

O‘QING: TikTok taslim bo‘lmaydi: u Tramp ma’muriyatini sudga bermoqchi!

AQSh prezidenti Donald Tramp mazkur servisni agar Microsoft yoki boshqa bir kompaniya 15 sentyabrgacha sotib olmasa, TikTok «ketadi», deb aytgan edi.

Uning yangi qarorida esa mazkur muddat 12 noyabrgacha uzaytirilgan. ByteDance internet-kompaniyasi shungacha AQShdagi biznesini yopishi yoki uni biror Amerika kompaniyasiga sotishi lozim.

Shuningdek, prezidentning yangi qarorida avvalgilarida tilga olinmagan yangi talablar ham bor. Jumladan, amerikalik foydalanuvchilardan olingan har qanday ma’lumotni TikTok’dan o‘chirib tashlash va buni bajarganligi haqida AQSh Tashqi investitsiyalar komitetiga xabar berish.

ByteDance yana 2017 yili xarid qilgan Musical.ly karaoke-ilovasi orqali olingan AQShliklar ma’lumotlarini ham o‘chirishi talab etilmoqda.

O‘QING: Forbes ilk bor eng serdaromad TikTok yulduzlarini e’lon qildi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!