Tramp yangi iPhone’larning noqulayligini tanqid qilib Tim Kukka yozdi

  •   DiMaX
  •  1611
  •  26.10.2019 17:13

Tramp yangi iPhone’larning noqulayligini tanqid qilib Tim Kukka yozdi

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining Twitter orqali chiqishlari bilan ham mashhur. Navbatdagi tvitida u Apple rahbariga murojat etib, korporatsiyaning eng innovatsion gadjetlarini tanqid qildi.

O‘QING: Tim Kuk chindan ham Donald Tramp sababli o‘z familiyasini o‘zgartirdi! Boshqalar ham...

Donald Tramp o‘zining rasmiy Twitter-akkauntida yangi modellardagi ayfonlarni tanqid qildi: «Timga: iPhone’dagi tugmacha siypalashdan ancha yaxshi edi!»

Eslatib o‘tamiz, Apple’ning keyingi avlod smartfonlarida «Home» tugmachasi yo‘q. Kupertinolik korporatsiya iPhone X modelidan boshlab undan voz kechish evaziga ayfonlarni to‘liq ekranli qilib kelayotir. AQSh prezidentiga esa bu noqulaylik tug‘dirayotgan ekan.

O‘QING: iPhone 11 Pro hamda iPhone 11 Pro Max ishonchni oqlay olmadi!