Trampdan Xitoyga “javob”: endi u Huawei va ZTE uskunalarini sotib olishni ta’qiqlaydi.

Trampdan Xitoyga “javob”: endi u Huawei va ZTE uskunalarini sotib olishni ta’qiqlaydi.

Amerikalik korxonalarda Xitoy kompaniyalari, jumladan, Huawei va ZTE kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan telekommunikatsiya uskunalarini ishlatish man etilishi mumkin. AQSh prezidenti administratsiyasida shu haqda farmon tayyorlanmoqda. Bu haqda “Business.ru” nashri yozmoqda.

Manbada Farmon Savdo vazirligi tomonidan ishlab chiqilayotganligi va yanvarlarda taqdim etilishi mumkinligi aytilmoqda. Farmonda amerikalik kompaniyalarni "milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi" xorijiy ishlab chiqaruvchilarning uskunalarini sotib olishlarini  taqiqlash majburiyatlari belgilab qo‘yiladi. Farmon matni hali nihoyasiga etilmaganligi hamda Huawei va ZTE nomlari aksariyat hollarda unda uchramasada, bu taqiq shu ikki kompaniyaga ta’sir qilishi aytilmoqda.

O‘QING:  2018 yil yakunlari: Huawei baribir Apple’ni ortda qoldirdi!

Manbada Donald Tramp 2018 yilning avgust oyidan buyon Huawei bilan “kurash”ni boshlaganligi, u AQSh davlat tuzilmalariga 2019 yil avgustidan boshlab Xitoy uskunalaridan foydalanmaslikni buyurganligi yozilmoqda. Bu yerda Huawei va ZTE  Xitoy hukumati uchun josuslikda gumon qilinmoqda.

Qo‘shma Shtatlarda Farmonning amalga tadbiq etilishi 5G tarmog‘ining ishga tushirilishini sekinlashtirishi mumkin. Ma’lumki, Huawei uskunalari ushbu sohadagi eng ilg‘or texnologiyalardan biri hisoblanadi. Amerikalik kompaniyalar endi boshqa hamkorlarni izlashni boshlashi mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumot o‘rnida: joriy yilning 1 dekabr kuni AQSh talabiga binoan, Kanadaning Vankuver shahrida Huawei moliyaviy direktori Men Vanchjou hibsga olingan edi. Shu bois Xitoydagi yirik kompaniyalar bunga norozilik hamda umuman vatanparvarlik belgisi sifatida Apple mahsulotlariga boykot e’lon qilishmoqda.

O‘QING: Phone egalarini jazolay boshlashdi: jarima, maoshdan kesish va hatto ishdan bo‘shatishgacha!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!