Troyan-virus bir millionga yaqin Android smartfonga zarar yetkazdi

Troyan-virus bir millionga yaqin Android smartfonga zarar yetkazdi

Ko‘p hollarda bilmasdan smatrfonimizga tekshirilmagan va shubhali ilovalarni o‘rnatamiz. Vaholanki, ba’zi ilovalarda zararli viruslar mavjud bo‘lishi mumkin. hi-tech.mail.ru nashrining ma’lum qilishicha, ayni paytgacha bir millionga yaqin Android smartfonlar Android.MulDrop.924 nomli troyan-virus bilan zararlangan. Virus foydalanuvchining ruxsatisiz ilovalarni smartfonga yuklab oladi, ularni o‘rnatishni taklif etadi yoki uzluksiz reklamalarni ko‘rsatadi.

Без названия (1)

Troyan-virus foydalanuvchiga bir vaqtning o‘zida bir nechta o‘yin va ilovalarda bittadan ko‘p hisob qaydini ishlatishga yordam beradigan Multiple Accounts: 2 Accounts ilovasida aniqlangan. Chindan-da ilova o‘ziga yuklangan vazifani bajaradi, biroq zararli virusni ham tarqatadi. Virus shunisi bilan xavfliki, u foydalanuvchining ruxsatisiz ko‘plab ilovalarni yuklaydi, bu esa internet trafikning sarflanishiga olib keladi.

Ilova hozirgacha Google Play resursida mavjud. Uni yuklab olmang, bu smartfon dasturiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!